Kontent qismiga oʻtish

Snickers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Snickers (talaffuzi: Snikers) — Amerika kompaniyasi sanalmish Mars, Incorporated tomonidan yaratilgan haqiqiy sutli shokolad bilan qoplangan yeryongʻoq, yongʻoqholva va karamelli shokoladli batonchik.[1] Snickersning umumjahon boʻylab yillik sotuvi 2004-yilga kelib $2 milliardni tashkil etdi.[2]

1990-yilgacha Birlashgan Qirollik va Irlandiyada Snickers konfetining nomi Marathon deb atalgan.[3] Shundan keyin, Snickers brendi ostida Marathon energetik batonchiklari ayrim bozorlarda sotuvga chiqarilgan.

1930-yilda[4] Mars oilasi oʻzlarining ikkinchi brendini taqdim etishdi, Snickers, ularning yoqimtoy otining ismi sharafiga qoʻyilgan.[5]

Variatsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1970 Snickers Munch
  • 1989 Snickers Ice Cream bar
  • 1996 Snickers Ice Cream Cone
  • 2001 Snickers Cruncher bar (Snickers Munch savdo belgisini ayrim bozorlarda yangilashgan ammo hozirgacha Birlashgan Qirollikda va Latviyada „Cruncher“ deb sotiladi)
  • 2002 Snickers Almond bar (koʻp davlatlarda Mars Almond nomi bilan tanish)
  • 2004 Snickers Marathon energy bars
  • 2006 Snickers Duo
  • Snickers tarkibi (Oʻzbekiston versiyasi):[manba kerak] shokolad (shakar, yogʻi olinmagan quruq sut, kakao moyi), qirgʻichlangan kakao, laktoza, emulgator (letsitin), tabiiyga mos aromatizatorlar (vanilin), masalliq (yer yongʻoq, glyukoza sharbati, shakar, oʻsimlik yogʻi, yogʻi olingan quruq sut, tuz, tuxumning oqi, tabiiyga mos aromatizatorlar (vanilin).

100 g mahsulot tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oqsillar: 9.2 g
  • Yogʻ: 28.3 g
  • Uglevodlar: 52.7 g
  • Energetik qiymati: 502.4 kkal / 100 g
  1. „Snickers Candy Bar“. Zeer.com. 26-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2010-yil.
  2. McCarthy, Michael. „Women sweet on humorous Snickers ads“. USAToday.com (31-yanvar 2005-yil). 8-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2009-yil.
  3. „The Marathon candy bar“. Christian Science Monitor (18-mart 1999-yil). 2006-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  4. „Global Brands > Snickers“. Mars. 28-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  5. Voorhees, Don. Why Do Donuts Have Holes?: Fascinating Facts About What We Eat And Drink. Citadel, 2004 — 141-bet. ISBN 978-0806525518.