Shoh Sulton Husayn masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Absheron | Novxani qishlogʻi |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi |
Binokorlik sanasi | XVIII asr |
Shoh Sulton Husayn masjidi Vikiomborda |
Shoh Sulton Husayn masjidi (ozarbayjoncha: Şah Sultan Hüseyn məscidi) XVIII asrga oid tarixiy masjid boʻlib, Ozarbayjonning Absheron tumanidagi Novxani qishlogʻida, Bokudan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan[1]. Taxminlarga koʻra, masjid bir vaqtlar qadimiy turar-joy punktlarining markazida joylashgan boʻlib, ushbu hudud hozirda choʻldan iborat.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoh Sulton Husayn masjidi Absheron meʼmorchilik maktabi namunalari asosida bunyod etilgan[2][3].
Masjidning hajmi nisbatan kichik boʻlsa-da, devorlarga ishlangan meʼmoriy bezaklar masjidning oʻziga xosligini taʼminlaydi. Devorlardagi unchalik katta boʻlmagan naqsh va arxitekturaviy elementlar hozirgacha saqlanib qolgan. Masjidning namoz oʻqish zaliga ham alohida bezaklar bilan ishlov berilgan boʻlib, u yerdagi asosiy elementlardan biri gumbaz hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi zal atmosferasini doimiy saqlash, yoritish va zalda aks sado hosil qilishdan iborat. Masjidning tashqi koʻrinishi va uning meʼmoriy yechimi birgalikda umumlashib ketgan. Namozxona masjidga tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish xonasi bilan birlashtirilgan.
Dinga qarshi siyosat kuchaygan bir davrda, yaʼni 1930-yillarda masjid sovet hukumati tomonidan ziyoratchilar uchun yopib qoʻyilgan. Natijada masjid vayron boʻlib, yaroqsiz holga kelib qolgan[4].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Official site of the Municipality of the village of Novkhani, Absheron region of the Republic of Azerbaijan“ (en). belediyye.com. 2015-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ „Исторические памятники Азербайджана: древняя мечеть Новханы“ (ru). ann.az. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ „Тайны села Новханы“ (ru). history.echo.az. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ „Тайны села Новханы“ (ru). history.echo.az. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.