Kontent qismiga oʻtish

Shaxmat boʻyicha jahon chempionati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jahon Chempioni 2000-2002/2007-2013 Vishvanatan Anand.

Jahon Shaxmat Chempionati shaxmat oʻyinini jahonda kim eng yaxshi oʻynashini aniqlash uchun tashkillashtirilgan musobaqadir. Istalgan yosh va jinsdagi odamlar unda qatnasha oladi.

Birinchi rasmiy shaxmat chempionati 1886-yili Wilhelm Steinitz va Johann Zukertort orasida boʻlib oʻtgan. 1886 dan 1946-yilgacha qoidalarni chempion oʻrnatardi. 1948 dan 1993-yilgacha chempionat FIDE jahon shaxmat federatsiyasi tomonidan boshqarilgan. 1993-yili oʻsha paytdagi chempion Garri Kasparov FIDEdan chiqib, alohida chempionat yaratdi. Bu ahvol 2006-yilgacha davom etib keldi, keyin chempionliklar birlashdi.

Hozirgi jahon chempioni Dommaraju Gukeshdir. U 2024-yildan beri shu unvonni saqlab kelmoqda.

Jahon chempionlari [1]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yillar Chempion
1948 - 1957 Mixail Botvinnik Sovet Ittifoqi
1957 - 1958 Vasiliy Smislov Sovet Ittifoqi
1958 - 1960 Mixail Botvinnik Sovet Ittifoqi
1960 - 1961 Mixail Tal Sovet Ittifoqi
1961 - 1963 Mixail Botvinnik Sovet Ittifoqi
1963 - 1969 Tigran Petrosyan Sovet Ittifoqi
1969 - 1972 Boris Spasskiy Sovet Ittifoqi
1972 - 1975 Robert Fisher AQSH bayrogʻi AQSh
1975 - 1985 Anatoliy Karpov Sovet Ittifoqi
1985 - 1993 Garri Kasparov Sovet Ittifoqi
1993 - 1999 Anatoliy Karpov Rossiya bayrogʻi Rossiya
1999 - 2000 Aleksandr Xalifman Rossiya bayrogʻi Rossiya
2000 - 2002 Vishvanatan Anand Hindiston bayrogʻi Hindiston
2002 - 2004 Ruslan Ponomaryov Ukraina bayrogʻi Ukraina
2004 - 2005 Rustam Qosimjonov Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
2005 - 2006 Veselin Topalov Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
2006 - 2007 Vladimir Kramnik Rossiya bayrogʻi Rossiya
2007 - 2013 Vishvanatan Anand Hindiston bayrogʻi Hindiston
2013 - 2023 Magnus Karlsen Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
2023 - 2024 Ding Liren Xitoy bayrogʻi Xitoy
2024 - ...... Dommaraju Gukesh Hindiston bayrogʻi Hindiston


Ayollar 0'rtasidagi jahon chempionlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yillar Chempion
1927 - 1944 Vera Menchik Sovet Ittifoqi-Chexiya bayrogʻi Chexiya -Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
1950 - 1953 Lyudmila Rudenko Sovet Ittifoqi
1953 - 1956 Elisaveta Bykova Sovet Ittifoqi
1956 - 1958 Olga Rubtsova Sovet Ittifoqi
1958 - 1962 Elisaveta Bykova Sovet Ittifoqi
1962 - 1978 Nona Gaprindashvili Sovet Ittifoqi
1978 - 1991 Maia Chiburdanidze Sovet Ittifoqi
1991 - 1996 Xie Jun Xitoy bayrogʻi Xitoy
1996 - 1999 Syuzan Polgar Vengriya bayrogʻi Vengriya
1999 - 2001 Xie Jun Xitoy bayrogʻi Xitoy
  1. Jahon chempionlari