Kontent qismiga oʻtish

Shansi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shansi (山西) — Xitoydagi provinsiya. Xuanxe daryosi oʻrta oqimi havzasida. Maydoni 157 ming km². Aholisi 31,7 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Tayyuan shahari. Shansi hududi Shansi platosi va Lyossli platoning sharqiy qismida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli, oʻrtacha temperatura yanvarda —16° dan (shimolda) —2° gacha (janubda), iyulda 20—25°. Yillik yogʻin 400–500 mm. Gʻarb va shim.garbida chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, sharqidagi balandlik mintaqalarida aralash va keng bargli oʻrmonlar saqlangan.

Shansi — Xitoyning sanoati rivojlangan provinsiyalaridan. Kumir, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Tayyuan, Datun va Yansyuan Shansilari. Hunarmandchilikda metall va chinni buyumlar yasaladi, ipak matolar, gilam toʻqiladi. Tayyuan, Datunda qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shansi — Xitoyning qad. dehqonchilik rni. Sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Asosiy ekini — donli ekinlar (bugʻdoy, gaolyan, makkajoʻxori, suli va boshqalar). Texnika ekinlaridan paxta va zigʻir, kunjut, yer yongʻoq, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilikda koramol, eshak va qoʻy boqiladi.

Shansi hududida Yanshao madaniyati qoldiklari topilgan. Mil. av. 7—5-asrlarda Szin podsholigi, mil. av. 5—3-asrlarda Chjao va boshqa bir qancha podshohliklar tarkibida boʻlgan. 14-asrdan boshlab hozirgi nomda, 17-asrdan Xitoyning Shansi provinsiyasi.