Kontent qismiga oʻtish

Shafoat Rahmatullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shafoat Rahmatullayeva
Tavalludi 4-yanvar 1941-yil
Vafoti 24-dekabr 2024-yil(2024-12-24)
(83 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi
Erkin Qosimov (Sana mavjud emas)
Mukofotlari

Shafoat Rahmatullayeva (1941-yil 4-yanvar, Qoʻqon – 2024-yil 24-dekabr) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980), Oʻzbekiston xalq artisti (1992).

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvarda Furqat tumanida tugʻilgan[1]. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi boʻlgan boʻlib, uning toʻrt qizi boʻlgan. Dastlab, u Pedagogika texnikumida oʻqigan va u yerdagi teatr aktyorlari drama toʻgaragi sabab aktrisa boʻlishga qiziqib qolgan. Lekin otasi bunga qarshilik qilgan. Shu vaqtlarda „Maftuningman“ filmiga kasting boʻlgan va u kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, Sayyora roliga tasdiqlangan. Buni ota-onasiga oʻzi aytolmagan. Oʻqituvchisi bu haqida otasiga aytgan, lekin u yana qarshilik qilgan. Soʻng otasining fikri oʻzgarib, bungan rozilik bergan:[2]

Faqat bir shart bilan rozilik beraman. Televizor va radioga chiqadigan, xalq tan oladigan artist boʻling. Etagini boshiga qoplab, toʻyma-toʻy yuradigan artist boʻlsangiz, rozi emasman.

Otasi rozi boʻlganidan keyin Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida oʻqishni boshlagan. 1965-yil oʻqishni tugatib, Sirdaryo teatrida oʻz faoliyatini boshlagan[3]. Qoʻqon teatrining aktrisasi (1963—1965; 1971—1975; 2000-yildan), 1965—1971-yillar Jizzax, 1975—2000-yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa boʻlib faoliyat yuritgan. Rahmatullayeva keng diapazonli aktrisa boʻlib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: Maysara (Hamza, „Maysaraning ishi“), Narzi (3. Fatxullin, „Vatan ishqi“), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, „Qaydasan, jon bolam“, „Yer tomiri“), Gonorelya (U. Shekspir, „Qirol Lir“), Zuhra (Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“), Jurden xonim (Molyer, „Soxta oqsuyak“), Tosh xola (J. Mahmudov, „Ayollar faryodi“), Maʼmura kampir (Jan Sarron, „Maʼmura kampir“) kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning „Eng yaxshi ayol roli“ sovrini bilan taqdirlandi[4]. U filmlardagi birinchi rolini „Masxaraboz“ filmida ijro etgan. Lekin uning xalq orasida tanilishiga „Sevginator“ filmidagi ijarachi xola roli sabab boʻlgan[3].

Shafoat Rahmatullayeva 2024-yil 24-dekabrda vafot etgan[5].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shafoat Rahmatullayeva Sirdaryo teatrida ishlab yurganida samarqandlik Erkin Qosimov degan akkordeonchi yigit bilan tanishib qolgan. Ular turmush qurishgan, lekin ularning farzandi chaqaloqlik paytida vafot etgan. 8 yildan soʻng ham farzandli boʻlishmagan va Shafoat Rahmatullayeva oʻz xohishi bilan ajrashgan[3].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Rol Izoh
1994 Masxaraboz Epizod[6]
1996 Mehrobdan chayon
1997 Piyoda Momo
2005 Orzu ortida Buvi
2006 Chashma Buvi
Osmon yaqin Epizod
2007 Sevginator "Anakonda" xola [7]
2009 Oʻzimdan oʻzimgacha [7]
2010 Sevginator 2 Bosh rol
2011 Er bermoq – jon bermoq Folbin
Hi-Fi bolakay
Fidoyilar
2013 Poyga
2014 Sehrli qalpoqcha 2 Robiya, Xoshimjonning buvisi Bosh rol
2015 Maftuningman
2016 Zurriyod Bosh rol[8]
2017 Maftuningman 2
Josus kampir 007 Bosh rol[9]
2019 Elparvar [10]
2023 Hokim buva Serial
  1. „Shafoat Rahmatullayeva“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „“Farzandsiz o‘tish peshonamga yozilgan ekan”. Otasining ta’ziyasida sahnada rol ijro etgan va bir o‘limdan qolgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda (foto, video)“. Daryo.uz (2024-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Hechdan koʻra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan o‘zbek san’at vakillari (foto)“ (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  4. „Shafoat Rahmatullayeva“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. „Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi“. Gazeta.uz (2024-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  6. „“Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)“. Daryo.uz (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  7. 7,0 7,1 „Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)“. Daryo.uz (2022-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  8. „Toshkentda “paxta ishi” qurbonlariga bag‘ishlangan badiiy film namoyish etildi“. Daryo.uz (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  9. „“Josus kampir 007” — “Zumrasha”dan chiqqan rejissorning oilaviy muammolarga bag‘ishlangan debyut filmi“. Daryo.uz (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
  10. „Toshkentda “Elparvar” tarixiy filmi taqdimoti o‘tkazildi“. Daryo.uz (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.