Kontent qismiga oʻtish

Seged

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seged — Vengriyaning jan. qismidagi shahar. Chongrad medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 166,1 ming kishi (1997). Tisa daryosi boʻyidagi port. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazlaridan. Yirik oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari, rezinatexnika buyumlari zavodi mavjud. universitet, Fanlar akademiyasining Biologiya instituti, muzey va teatrlar bor. 13— 16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. S. yaqinida neft va gaz konlari topilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil