Saulos Chilima
Chilima 2022-yilda | |
Mansab davri 31-may 2014-yil – 31-may 2019-yil | |
Oʻtmishdoshi | Khumbo Kachali |
---|---|
Vorisi | Everton Chimulirenji |
Iqtisodiy rejalashtirish va rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 29-iyun 2020-yil – 10-iyun 2024-yil | |
Oʻtmishdoshi | Lavozim yaratildi |
Vorisi | Vakansiya |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Saulos Klaus Chilima 12-fevral 1973-yil Ntcheu, Malavi |
Vafoti |
10-iyun 2024-yil (51 yoshda) Chikangava oʻrmon qoʻriqxonasi, Malavi |
Oʻlim sababi | samalyot halokati |
Siyosiy partiyasi |
Tonse Alliance United Transformation Movement (UTM) |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Demokratik progressiv partiya (2018-yilgacha) |
Turmush oʻrtogʻi | Mary Chilima |
Bolalari | 2 |
Alma mater |
Malavi universiteti Bolton universiteti |
Saulos Klaus Chilima (1973-yil 12-fevral – 2024-yil 10-iyun) Malavilik iqtisodchi va siyosatchi boʻlib, 2014-yildan 2019-yilgacha va 2020-yildan 2024-yil vafotigacha Malavi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan[1]. Chilima 2020-yil 28-iyun kuni prezidentlikka nomzod Lazarus Chakwera bilan birga koʻpchilik ovozini qoʻlga kiritib, oʻz lavozimida faoliyat boshlagan. Chilima, shuningdek, Iqtisodiy rejalashtirish va rivojlanish vaziri, shuningdek, davlat sektorini isloh qilish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan, u ilgari sobiq prezident Peter Mutharika davrida ham faoliyat yuritgan. Siyosatga kirib kelishidan oldin Chilima turli xil koʻp millatli kompaniyalarda, jumladan Unilever, Coca-Cola va Airtel Malavida asosiy rahbarlik lavozimlarida ishlagan va u yerda bosh ijrochi direktor darajasigacha koʻtarilgan[2].
2024-yil 10-iyun kuni Chilima va yana toʻqqiz nafar yoʻlovchini olib ketayotgan samolyot Malavi poytaxti Lilongve shahridan havoga koʻtarilib, Mzuzu aeroportiga rejalashtirilgan joyga qoʻna olmay, Mzimba tumanidagi Chikangava oʻrmon qoʻriqxonasiga qulab tushgan. Samolyot aeroportga qoʻna olmagan va halokatdan oldin Lilongvega qaytish buyrugʻi berilgan[3]. 2024-yil 11-iyun kuni Chilima va boshqa yoʻlovchilar samolyot boʻlaklari topilganidan soʻng, halok boʻlganligi haqida xabar berilgan[4].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saulos Chilima 1973-yil 12-fevralda Malavining Ntcheu shahrida tugʻilgan[5]. U Chingʻanga qishlogʻidagi Xenderson Braun Chilima, va Mbilintengerenji qishlogʻilik Elizabeth Frensis Chilimaning birinchi farzandi edi. Chilima hayotining koʻp qismini ota-onasi ishlagan Blantayrlimbeda oʻtkazgan va yozgi taʼtilni Lilongve va Ntcheuda otasi va onasi tomonidan bobolari va buvilarining uyida oʻtkazgan[6].
Chilima boshlangʻich maktabni HHI va Dharap boshlangʻich maktablarida, oʻrta maʼlumotni Dedza tumanidagi Marist Brothers Mtendere Thiwi oʻrta maktabida olgan[7]. U Malavi universitetining kansler kollejiga oʻqishga kirgan va u yerda 1994-yilda ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislikni tamomlagan. Bir necha yil ishlagandan soʻng, u oʻz oʻquv yurtiga Knowledge Management yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini olish uchun qaytib kelgan va 2006-yilda uni tamomlagan. 2015-yil 10-avgustda Chilima Buyuk Britaniyaning Bolton universitetida Knowledge Management yoʻnalishi boʻyicha doktorlik darajasini olgan[8].
Biznesdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasbi boʻyicha sotuvchi boʻlgan Chilima oʻz ish faoliyatini Lever Brothers (Mw) Limited kompaniyasida (hozirda Unileverning bir qismi) boshlagan, avval Malavi lizing va moliya kompaniyasiga, keyinroq esa Southern Bottlers Limitedga (hozirgi Castel Malavi) oʻtagan[9][10]. Uning soʻnggi professional vazifasi Airtel Malavida boʻlib, u 2010-yilda kompaniyaning birinchi mahalliy boshqaruvchi direktori etib tayinlangunga qadar uning savdo guruhini boshqarish vazifasi bilan shugʻullangan[9].
Chilimaning professional karyeradagi eng muhim yutuqlari orasida Airtel’dagi strategik va ilgʻor loyihalarga, xususan Project Precision, Yabooka, Airtel Money hamda 3G tarmogʻini yangilash boʻyicha rahbarlik qilish kabilar kiradi, bu esa biznes daromadlari va xodimlarning faolligiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan va Airtel Malawi’ning yillik daromadini oshirgan. 2010-yildagi 54 million AQSh dollarilik koʻrsatkichdan 2013-yilda 95 million AQSh dollarigacha koʻtarilgan, yaʼni uch yil davomida 75% lik oʻsish kuzatilgan[11]. .
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil fevral oyida Chilima Demokratik progressiv partiyadan (DPP) prezidentlikka nomzod Peter Mutharikaning 2014-yil may oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodligini qoʻygan[12].
Keyinchalik Chilima DPPni tark etgan va 2018-yil 21-iyulda 2019-yil may oyidagi saylovlarda qatnashish uchun oʻzining Birlashgan Transformatsiya Harakati (UTM) partiyasiga asos solgan[13][14]. 2019-yil 1-fevral kuni UTM yana ikkita siyosiy partiya va birlashgan muxolifatni shakllantirishga qaratilgan kichik siyosiy partiyalar ittifoqi bilan uchrashuvlar oʻtkazgan. Ular orasida Demokratiya uchun Alyans (Aford), sobiq prezident Joyce Bandaning Xalq partiyasi va sobiq vitse-prezident Cassim Chilumpha boshchiligidagi Tikonze Xalq Harakati boʻlgan. Ular prezidentlikka bitta nomzodni saylovga olib chiqishga kelishib olganlar. Keyinchalik Banda ham, Chilumpha ham „boʻlajak saylovda prezidentlikka nomzodni tanlashdagi kelishmovchiliklar“ sabab alyansdan chiqishgan[15].
Saylovda Chilima Michael Usi bilan birgalikda 20,24% ovoz toʻplab uchinchi oʻrinni egallagan va UTM Milliy Assambleyasida toʻrtta oʻrinni qoʻlga kiritgan. Biroq, prezidentlik saylovi natijalari bekor qilingan va 2020-yilda qayta oʻtkazilgan. Oʻsha yili Chilima Peter Mutharika maʼmuriyatini agʻdarish umidi bilan toʻqqizta muxolif siyosiy partiyani toʻplagan Tonse alyansida Lazarus Chakweraning Malavi Kongressi partiyasi nomzodi sifatidagi harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan[16].
2022-yil 22-iyun kuni Chilima hukumat shartnomalarini berishda taʼsir koʻrsatish bilan[17] bogʻliq 150 million AQSh dollari miqdoridagi korrupsiya janjaliga aloqadorligi sababli vitse-prezidentlik vakolatlaridan mahrum qilingan[18].
2022-yilning noyabr oyida unga britaniyalik tadbirkor Zunet Sattarga tegishli ikki kompaniya: Xaviar Ltd va Malachitte FZEga davlat shartnomalarini berish evaziga 280 ming AQSh dollari olgani haqidagi ayblovlar qoʻyilgan. U korrupsiyaga oid ayblovlarni tan olmagan[19]. 2024-yilning may oyida davlat prokurori ishni tugatish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritganidan soʻng, korrupsiyaga oid ayblovlar olib tashlangan. Prezident Chakwera ayblovlar olib tashlanishidan oldin ham Chilimaga rasmiy vazifalarni yuklay boshlagan[20].
Targʻibotchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilgari Chilima tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va ommaviy tadbirlar vaziri lavozimida faoliyat olib borgan[21].
Chilima 2025-yilgacha ochlik va toʻyib ovqatlanmaslikni tugatishga qaratilgan Compact 2025 yetakchilik kengashining aʼzosi edi[22] va unda toʻyib ovqatlanmaslik mavzusida fikrlarini bayon qilgan[23]. U barqaror va inklyuziv rivojlanish[24] va ocharchilikka barham berish boʻyicha xalqaro konferensiyalarda nutq soʻzlagan[25].
Chilima ekologiya[26], jismoniy tayyorgarlik[27] va sport bilan shugʻullanish, siyosatdagi korrupsiyaning qattiq tanqidchisi[28] [29][30] va Archdiocesan seminariyalarining faol tarafdori boʻlgan[31]. Talaba davrida, u Chakufwa Chihana tomonidan koʻp partiyaviy demokratiyani himoya qilish uchun asos solingan Demokratiya uchun ittifoq (Aford) talabalar qanotiga rahbarlik qilgan[9].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Mary Chilima bilan turmush qurgan. Ularning Sean va Elizabeth ismli ikki farzandi bor[32]. Saulos Chilima katolik edi[33].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 10-iyun kuni Chilima va yana sakkiz kishini sobiq hukumat vaziri Ralph Kasambaraning dafn marosimida qatnashish uchun olib ketayotgan, Malavi mudofaa kuchlarining Dornier 228 samolyoti Shimoliy mintaqadagi Chikangava oʻrmon qoʻriqxonasi hududida gʻoyib boʻlgan. Prezident Lazarus Chakwera aviatsiya rasmiylari samolyot bilan bogʻlana olmaganidan soʻng qidiruv-qutqaruv operatsiyasini oʻtkazishni buyurgan[34]. 2024-yil 11-iyun kuni milliy murojaatida Chakwera Chilima va samolyotdagi boshqa barcha yoʻlovchilar (jumladan, Malavining sobiq birinchi xonimi Patricia Shanil Muluzi) halok boʻlganligini tasdiqlagan[35].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Saulos Chilima: Malawi vice-president who was plucked from business“ (en-GB). www.bbc.com. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
- ↑ „Profile of the Vice-President of the Republic of Malawi, Right Honourable Saulos Klaus Chilima“. www.statehouse.mw. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Search continues for missing aircraft carrying Malawi vice-president“. Reuters (2024-yil 11-iyun).
- ↑ „Saulos Chilima: Malawi vice-president confirmed dead in plane crash“ (en-GB). www.bbc.com. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „'Are you Saulos Chilima?'“ (2015-yil 11-fevral). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.
- ↑ „Saulos Chilima Family: All On Malawi's VP Wife Mary Chilima, Children And Parents“ (en). Times Now (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „VP inspires Mtendere Secondary School students“ (en-US). The Nation Online (2017-yil 5-iyun). 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Malawi President 'proud' of VP Chilima for attaining genuine doctorate degree“ (en-GB). malawinewsnow.com. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Mkwanda. „Chilima: A political go-getter, now rests“ (en-US). Nation Online (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.Mkwanda, Ayami (11 June 2024). „Chilima: A political go-getter, now rests“. Nation Online. Archived from the original on 11 June 2024. Retrieved 11 June 2024.
- ↑ „The State Vice President“ (en-gb). www.malawi.gov.mw. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ Dzida. „What Political Future Holds for Malawi Vice President Saulos Chilima? Malawi 24 | Latest News from Malawi“ (en-US). Malawi 24 (2023-yil 12-iyul). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Meet Mutharika's runningmate Saulos Klaus Chilimaa: A great achiever at 40“. malawivoice.com (2014-yil 12-fevral). 2014-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-mart.
- ↑ „Meet Saulos Chilima, the DPP running mate“. faceofmalawi.com (2014-yil 10-fevral). 2014-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-mart.
- ↑ „Chilima is the chosen one – Hollywood star“ (2018-yil 12-iyun). 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Omodiagbe. „Former Malawian President Joyce Banda Exits Coalition, Enters Election Race“ (en-GB). The Election Network (2019-yil 6-fevral). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „MCP settles for Chilima: Deputy speaker Kazombo tells Chakwera to form alliance with UTM“ (en-US). Malawi Nyasa Times (2020-yil 17-fevral). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
- ↑ „Malawi president strips deputy of powers over graft“. BBC News. 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ „The Malawi vice-president who was plucked from business“. BBC News. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Malawi's Vice-President Saulos Chilima charged with corruption“ (en-GB) (2022-yil 25-noyabr). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Malawi Vice-President Saulos Chilima's corruption charges dropped“ (en-GB). www.bbc.com. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „MALAWI CABINET“ (en-gb). www.malawihighcommission.co.uk. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Leadership Council“ (en-US). www.compact2025.org. 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
- ↑ „Abdoulaye Bio Tchané & Saulos Klaus Chilima, Author at African Arguments“ (en-GB). African Arguments. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „THE ROLE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGY (ICT) IN AFRICA'S SUSTAINABLE AND INCLUSIVE DEVELOPMENT: UNDERSTANDING THE CAPACITY CHALLENGES“ (en). www.acbf-pact.org. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Fight hunger by educating farmers“ (en-UK). Daily Monitor. 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Saulos Klaus Chilima – Missionaries of Africa – SAP Province“ (en). mafrsaprovince.com. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Vice President Rt. Hon Dr. Saulos Klaus Chilima joins #Be More Race“ (en-US). The Maravi Post (2017-yil 26-iyul). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Chilima speaks tough on blind loyalty“ (en-US). Malawi 24 (2018-yil 28-fevral). 2018-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Chilima speaks on corruption“ (en-US). The Nation Online (2018-yil 28-fevral). 2018-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „News by topic :: Saulos Klaus Chilima“. www.africanewshub.com. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Malawi VP Chilima in Pre-Valentine Fundraising Dinner – Pleads With Catholics to 'Adopt a Seminary'“. Nyasa Times (Leeds) (2018-yil 14-fevral). 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
- ↑ „Saulos Chilima: Malawi vice-president who was plucked from business“ (en-GB). www.bbc.com. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Malawi bishops mourn nation's Catholic vice president after he and 9 others die in plane crash | National Catholic Reporter“ (en). National Catholic Reporter. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Aircraft carrying Malawi vice president goes missing“. BBC (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ „Malawi's Vice President Saulos Chilima, 9 Others Killed In Plane Crash“ (en). Times Now (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.