Kontent qismiga oʻtish

Outlook.com

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Outlook.com veb-ilova sifatida yaratilgan bepul shaxsiy ma'lumotlar menejeri bo'lib, u veb-pochta, taqvim, "odamlar" ilovasi va Microsoft korporatsiyasiga tegishli boʻlgan "To Do" [1]dan iborat. IMAP, POP3, Exchange standartlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Outlook.com xususiyatlarini sanaganda shuni alohida qayd etish kerakki, u Word, Excel, PowerPoint, OneNote, OneDrive va Skype [2] kabi Office onlayn veb-ilovalari bilan yaqin integratsiyalasha oladi.

Kelajakda Hotmail xizmatini almashtirish maqsadida bu xizmatning ochiq beta-sinovi 2012-yil, 31-iyulda [3] ishga tushirildi (nom Outlook elektron pochta mijoziga mos kelishi uchun tanlangan). 2013-yilning 3-aprelida Hotmail o‘chirib qo‘yildi va Outlook.com korporatsiyaning asosiy elektron pochta xizmatiga aylandi. Yangilanish allaqachon mavjud @hotmail akkauntlariga ta'sir qilmadi, biroq shu bilan birga elektron pochta domenini @outlookga o'zgartirish mumkin bo'ldi. @hotmail domeni bilan elektron pochta manzillarini yaratish imkoniyati shu kungacha saqlanib qolgan[4].

015-yilning may oyida Microsoft Outlook.com elektron pochta xizmatining Microsoft 365ga koʻchirilishini eʼlon qildi, natijada beta-sinovida yangi xususiyatlar, jumladan, yangi taqvim tartibi, elektron pochtani filtrlash xizmati qo`shildi. DeltaSync[en] texnologiyasini qo`llab-quvvatlash to`xtatildi. Shundan so‘ng foydalanuvchilar elektron pochta, kontaktlar va taqvim voqealarini sinxronlashtirish uchun Windows Mail 2012 mijozidan foydalana olmadilar, foydalanuvchilarga Outlook.com dan veb-brauzer, Windows Mail UWP ilovasi yoki Microsoft Outlook mijozi orqali foydalanishlari so‘raldi. [5]. Microsoft 2016-yilning fevral oyidan barcha foydalanuvchilarga yangilanishni bosqichma-bosqich tarqata boshladi.

2017-yil, 8-avgustda Microsoft beta-testda yangi funksiyalarni ishga tushirdi, jumladan, yaxshilangan pochta qutisi, yangi sezgir dizayn va emoji qidirish kani[6]. 2018-yilning 14-martida yangilangan dizayn sinov holatidan chiqarildi[7].

2016-yilda yangi ishga tushirilgan klassik interfeysni qaytarish imkoniyati 2019-yilda o‘chirib qo‘yilgan..

Pochta Outlook.com xizmatining birinchi va asosiy komponenti bo'lib, elektron pochtani almashish imkonini beradi. U spam filtriga ega.

Ilgari "Windows Live Calendar" nomi bilan mashhur boʻlgan va "Windows Calendar" ning davomchisi sifatida ishga tushirilgan Outlook Calendar Service, keyinchalik Windows Live Hotmailning tarkibiy qismiga aylandi. 2013-yilda Calendar "Outlook.com"ning bir qismiga aylandi va Metro UI uslubidagi asosiy dizayn yangilanishini oldi[8].

Outlook kalendar voqealari har qanday qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalarda sinxronlanadi.

Ilgari "Windows Live Contacts" nomi bilan tanilgan "Windows Contacts" internetga asoslangan muqobil sifatida ishga tushirilgan bo`lib Outlook aloqa xizmatidir. Foydalanuvchilardagi o'z kontaktlari ma'lumotlarini boshqarish huquqi ularga odamlar bilan turli ma'lumotlarni almashish imkonini beradi. 2013-yilda bu xizmat hozirgi "Odamlar" nomini oladi.

To Do bu - Vazifalar yaratish va ularni Windows, macOS, IOS va Android qurilmalari o'rtasida sinxronlashtirish imkonini beruvchi bulut veb-ilova . Texnologiya Wunderkinder GmbH kompaniyasining 6-jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Wunderlist 2015-yilning iyun oyida Microsoft tomonidan qabul qilingan va 2017-yilning aprel oyida " Microsoft To Do" nomi bilan qayta ishga tushirilgan.

Va shuningdek...

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Microsoft To Do“ (ru). To Do. 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  2. „Чат и звонок в Outlook.com и Office в Интернете“. support.microsoft.com. 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  3. „Introducing Outlook.com - Modern Email for the Next Billion Mailboxes“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2012-yil 31-iyul). 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  4. „Microsoft ликвидирует почтовый сервис Hotmail“ (ru). РБК. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  5. the Outlook team. „Using Windows Live Mail 2012 with Outlook.com? Time to update your email application!“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2016-yil 5-may). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  6. „Microsoft переходит на новый дизайн почты Outlook.com“ (ru). gagadget.com. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  7. the Outlook team. „New Mail, Calendar, and People experiences coming to Outlook.com“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2018-yil 14-mart). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
  8. David Dennis. „Take control of your schedule with a modern calendar experience for Outlook.com“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2013-yil 2-aprel). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.