Kontent qismiga oʻtish

Niginaxon Shermuhamedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna
Tavalludi 26-mart 1962-yil (1962-03-26) (62 yosh)
Fuqaroligi O'zbekiston
Bolalari Asal Babaeva, Hondamir Nazarov
Otasi Shermuhamedov Arslon
Mukofotlari "Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi" koʻkrak nishoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi „Faxriy Yorligʻi“ (2014), Diplom „Zaslujenniy deyatel nauki i obrazovaniya“ RAYeN, „Osnovatel nauchnoy shkoli“ RAYeN, „Rossiya fundamental fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi“[1]

Niginaxon Arslonovna Shermuhamedova (1962-yil 26-mart, Qorakolʻ tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, faylasuf, metodologi, taʼlim sohasidagi mutaxassis[2] va bir qancha xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi[3], Falsafa fanlari doktori, professor, Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri[4], Rossiya falsafa jamiyatining Faxriy aʼzosi[5], Rossiya falsafa jamiyati Oʻzbekiston boʻlinmasi raisi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyati Prezidiumi aʼzosi. „Falsafa va Hayot“ xalqaro jurnalining Bosh muharriri[6], „Adam Alami“ („Odam olami“), „Al Farabi“[7] (Qozogʻiston), „Tarixiy psixologiya va sotsiologiya tarixi“ („Istoricheskaya psixologiya i sotsiologiya istorii“[8], Rossiya) va Rossiya Falsafa jamiyati Xabarnomasi („Vestnik RFO“)[9][10] kabi bir qator jurnallar tahririyati aʼzosi. 2008-yilda Seul (Janubiy Koreya) shahrida oʻtkazilgan 22-Butunjahon Falsafa Kongressi, 2013-yilda Afina (Gretsiya) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongressi hamda 2018-yilda Pekin (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida oʻtkazilgan 23-Butunjahon Falsafa Kongresslari qatnashchisi[11]. Hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti „Falsafa va maʼnaviyat asoslari“ kafedrasi mudiri va mazkur universitetda „Ontologiya va bilish nazariyasi“, „Taʼlim falsafasi“, „Texnika falsafasi“ va „Fan falsafasi“ kabi fanlardan maʼruzalar oʻqiydi[12]. 1988-yilda „Dialektik-materialistik dunyoqarashning olim fikrlash tarziga taʼsiri“ („Vliyanie dialektiko-materialisticheskogo mirovozzreniya na stil mishleniya uchenogo“) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini[13], 2002-yilda „Olim fikrlash tarzining shakllanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[14].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Nigina Shermuhamedova asosan oʻzining fan metodologiyasi[15][16][17], fan falsafasi[16], gnoseologiya va taʼlim falsafasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Olima oʻz faoliyati davomida Falsafa bakalavr yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun 15 dan ortiq darsliklar yaratgan va ulardan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi „Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyoti“ konkursida 1, 2, 3 darajali diplomlar va mukofotlar bilan taqdirlangan. Qolaversa, N. Shermuhamedova 300 dan ortiq maqolalar va 4 ta xalqaro darajadagi monografiyalar muallifidir. Uning „Falsafa“ (bakalavr yoʻnalishlari talabalari uchun) darsligi[18] Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida bakalavr taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun darslik sifatida qoʻllanadi[19].

Nashr qilingan baʼzi ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Action document for inter-cultural and inter-ethnic dialogue | [Documento de acción para el diálogo intercultural e interétnico][20].

Mahalliy va xalqaro jamoatchilik ishlarida faolligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti — Elboshi Kutubxonasida tashkil etilgan „Mintaqaviy hamkorlik — Markaziy Osiyoda xavfsizlik kafolati“ mavzusidagi davra suhbatida nutq soʻzlamoqda.[21] 2018-yil, 6-iyun, Ostona, Qozogʻiston.

Professor Shermuhamedova Oʻzbekiston[22][23][24] va umuman MDH mamlakatlarining eng koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri hisoblanadi[25][26][27][28] va bu boradagi xalqaro bahs-munozaralarda faol ishtirok etib kelgan[29][30]. Olima soʻnggi 15 yil davomida 10 dan ortiq fan nomzodlari tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan[31]. „Fan falsafasi va metodologiyasi“ ilmiy maktabining asoschisi, „Bilimlar ontologiyasi va nazariyasi“ 12 nafar talaba ilmiy rahbari.

Shuningdek, Qozogʻistonning Ostona shahridagi Oʻzbek etno-madaniyat markazi Direktori oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritgan[32].

2009—2012-yillarda Shvetsiyaning Sida jamg‘armasi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlari tanlovi bo‘yicha xalqaro ekspert kengashi a’zosi[33].

Shermuhamedova Qozogʻistonda al-Farobiy tavalludining 1150 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda faol ishtirok etdi, xususan, 2020-yil 14—15-may kunlari Olmaotada „Al-Farobiy hayoti va ijodi“ mavzusida onlayn konferensiyada oʻtkazilgan yalpi majlisda nutq soʻzlagan.

2020-yil 8-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Qozoq Milliy universitetida Al-Farobiy markazi tomonidan o‘tkazilgan „Xayrullayev va Kobesovlar hayoti va faoliyati“ onlayn konferensiyasining yalpi majlisida professor Shermuhamedova soʻzga chiqqan[34].

2020-yil 7-8-dekabr kunlari O‘zbekiston jamoat huquqi tadqiqotlari markazi va Konrad Adenauer jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan „Madaniyat, taʼlim va fan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tizimida“ mavzusidagi onlayn konferensiyada nutq soʻzlagan.

Rossiyaning Boshqirdiston universiteti tomonidan o‘tkazilgan UNPO tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan „Zamonaviy dunyo va huquq“ mavzusidagi xalqaro konferensiyada yalpi majlisda so‘zga chiqdi.

2020-yil 29-may kuni Toshkent shahrida „Yevroosiyo makonida taʼlimning zamonaviy paradigmatik muammolari“ mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiya va 2020-yil 24-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan „Global sheriklik barqaror rivojlanish sharti va kafolati sifatida“ xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkilotchisi[35]. Bu saʼy-harakatlarning barchasi O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro universitetlar reytingiga kiritilishida o‘z ifodasini topdi[36].

Professor Shermuhammedova ozarbayjonlik publitsist, tarixchi Teymur Atayevning „Amir Temur fenomeni“ kitobiga bag‘ishlangan onlayn taqdimotda ishtirok etdi. Uning kitob haqidagi sharhida Amir Temur shaxsining tashqi yoki mashhurroq jihatlariga emas, balki shaxsiyatiga eʼtibor qaratildi[37].

2021-yilning 11-mart kuni Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Falsafa instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan „National and Universal specifity of spiritual values: epistemological problems“ nomli xalqaro konferensiyada maʼruza bilan ishtirok etgan[38].

  1. https://www.famous-scientists.ru/16442/
  2. https://www.uzdaily.uz/ru/post/51905
  3. https://www.facebook.com/kanalizmirtv/videos/kanal-izmir-tvde-emel-barutun-sundu%C4%9Fu-g%C3%BCndem-%C3%B6zel-programinin-bu-haftaki-konusu-/2211740575639118/
  4. arxiv nusxasi, 2019-09-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  5. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  6. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  7. https://www.kaznu.kz/ru/18871/page/
  8. https://www.socionauki.ru/journal/ipisi/
  9. https://mirovid.profiforum.ru/t1239-topic
  10. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  11. https://www.pdcnet.org/pdc/bvdb.nsf/purchase?openform&fp=wcp23&id=wcp23_2018_0075_0203_0207
  12. arxiv nusxasi, 2019-09-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  13. https://search.rsl.ru/ru/record/01008507308
  14. https://www.famous-scientists.ru/school/1457
  15. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  16. 16,0 16,1 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BB%D1%83%D0%B6%D0%B5%D0%B1%D0%BD%D0%B0%D1%8F:%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%87%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B8_%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3/9789943326347
  17. https://works.doklad.ru/view/9HyGq8HpLrY.html
  18. arxiv nusxasi, 2019-12-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  19. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  20. https://produccioncientificaluz.org/index.php/opcion/article/view/24011
  21. arxiv nusxasi, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  22. http://niginaaslanovna.fikr.uz/
  23. http://uchildiz.uz/%d1%84%d0%b0%d0%b9%d0%bb%d0%b0%d1%81%d1%83%d1%84-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%b4%d0%b8%d0%bb-%d1%81%d1%9e%d0%b7%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8/
  24. http://www.ijtimoiy-fikr.uz/[sayt ishlamaydi]
  25. arxiv nusxasi, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  26. http://uza.uz/ru/society/prazdnik-vesny-i-sozidaniya-15-03-2016
  27. arxiv nusxasi, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  28. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  29. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  30. https://uskudar.edu.tr/tr/icerik/5418/felsefenin-guncel-meseleleri-masaya-yatirildi-
  31. arxiv nusxasi, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  32. arxiv nusxasi, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-23
  33. „Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna“.
  34. „Жизнь и творчество Хайруллаева и Кобесова“ (ru). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  35. „Войти • Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  36. „Сразу несколько вузов Узбекистана вошли в рейтинг лучших в Европе и ЦА“ (ru). uz.sputniknews.ru. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  37. „Азербайджанский исследователь представил новый взгляд на Тимура“ (ru). islamnews.ru. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  38. https://drive.google.com/file/d/1na871aLerH97GF7pNyKvTeCd81LvwcXm/view?usp=sharing