Kontent qismiga oʻtish

Mullit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mullit — 1) silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi doim bir xil emas (ZA12O3- 2SiO2). Romb singoniyali. Qattiqligi 6—7; zichligi 3,2 g/sm3. Erish temperaturasi 1810°. Sof M. rangsiz; temir va titan oksidi qoʻshilganlari pushti va koʻk rangda. M. A12O3 ning SiO2 bilan yagona birikmasidir; yukori t-para bardoshli. Tabiatda kam uchraydi. Tabiiy sharoitda yukori temperaturada kaolin va sillimanit guruhidagi minerallardan hosil boʻladi. Mall (Mull, Shotlandiya) o.dagi toʻrtlamchi davr lavalarida yuqori temperaturada erigan gilli qoʻshimchalarda topilgan. Elektr pechlarda giltuprok va kvarsning, shuningdek, kianit, sillimanit va andaluzit aralashmasini eritib olinadi. Oʻzbekistonda M. Angren qoʻngʻir koʻmirkaolin konida uchraydi. U konda sodir boʻladigan yer osti yongʻinlari (gliyej) natijasida hosil boʻladi; 2) sintetik M. olovbardosh material lar, chinni va boshqa tex. mahsulotlar olishda muhim qoʻshilma hisoblanadi; elektr pechlarda alyuminiy silikatlarini eritib olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil