Mirazizbek Mirzaxalilov
Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
27-fevral 1995-yil Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Oltin | Yekaterinburg 2019 | 57 kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Djakarta 2018 | 56 kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Bankog 2019 | 56 kg gacha |
Kumush | Dubay 2021 | 56 kg gacha |
Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov (1995-yil 27-fevral, Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalarida ishtirok etib keladi. Jahon chempioni (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), Osiyo chempioni (2019), Havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2021).
Havaskorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2014-yildan buyon havaskor boks bilan shugʻullanib keladi. Mirazizbek Mirzaxalilov eng yengil vazn toifasida ishtirok etib keladi.
2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, finalda KXDR sportchisi Xyo Nam Yo ustidan gʻalaba qozonib, yengil vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritadi[1].
2019-yilda Bangkokdagi Osiyo chempionatida u qitʼamiz chempioni boʻldi, finalda hindistonlik bokschi Kavinder Singht Bishtni magʻlub etadi[2].
2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Mirazizbek hal qiluvchi jangga chiqdi va u kubalik bokschi Lazaro Alvaresni yutib, oltin medal va chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[3].
Professional faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 3-aprelida u mahoratli tanzaniyalik Tasha Mjuadjini (17-7-2) 1-raundda nokaut qilib, professional faoliyatini boshlagan.
2021-yil Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 final bahsida raqibi irlandiyalik Kurt Uokerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi[4].
2022-yilning mart oyida boks boʻyicha Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan lisenzion turnirda 57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnir mezboni bokschisi Mohamma Alvadiga qarshi ringga koʻtarilgan edi. Mirzahalilov raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida gʻalaba qozonadi[5].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirazizbek Mirzaxalilov — BoxRec
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Азиатские игры: Боксеры вывели Узбекистан на пятое место“ (ru). Газета.uz (2018-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Миразизбек Мирзахалилов принес Узбекистану второе «золото» чемпионата Азии“ (ru). Prosports.kz. Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
- ↑ Kun uz. „Миразиз Мирзахалилов победил трехкратного чемпиона мира и завоевал вторую золотую медаль“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
- ↑ Bokser Mirazizbek Mirzaxalilov proigral irlandsu Uolkeru v 1/8 finala uz.sputniknews.ru
- ↑ Mirazizbek Mirzaxalilov zavoevivaet zolotuyu medal Olamsport.com
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
- 27-fevralda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Quvada tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak bokschilar
- AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari
- Boks boʻyicha yerim yengil vazn toifasida jahon chempionlari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar
- 21-asrda Oʻzbekiston sportchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekiston bokschilari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar