Kontent qismiga oʻtish

Mateke Jumanazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mateke Jumanazarov
Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi
Mansab davri
1941 – 1960-yillar
Oʻtmishdoshi Pirimbet Beknazarov
Vorisi Davlet Yeshimbetov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-iyun 1906-yil
Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi), SSSR
Vafoti 24-noyabr 1966-yil(1966-11-24)
(60 yoshda)
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Mateke Jumanazarov — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1906-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1931-yildan KPSS aʼzosi.

1931-yildan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol. 19291960-yillar oraligʻida Toʻrtkoʻl sovet-partiya qurilish maktabida, Oʻzbekiston Kommuni raykomida, tuman isteʼmolchi jamiyatlari ittifoqida, tuman moliya boʻlimida, Kegeyli tumani ijroiya qoʻmitasida faoliyat olib borgan. Qoraqalpogʻiston ASSR moliya xalq komissarining oʻrinbosari, 19411960-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi[1].

SSSR Oliy Kengashining II, III, IV, V chaqiriqlari deputati.

Mateke Jumanazarov 1966-yilda Nukusda vafot etgan. Shahardagi Sho‘rsha bobo qabristoniga dafn etilgan. Uning qizi Bibizada Jumanazarova O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning rafiqasi boʻlgan[2].

  1. Jumanazarov nekrologi (newspaperarchive.com)
  2. „Jumanazarov haqida centrasia.ru saytida“. 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.