Kontent qismiga oʻtish

Mamlyut (tuman)

Koordinatalari: 54°56′35″N 68°33′0″E / 54.94306°N 68.55000°E / 54.94306; 68.55000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mamlyut tumani
qoz. Мамлют ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Mamlyutka
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Qaliyev Qanat Qayirjanovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2011) 20,900
Zichligi 5,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 56,80%
Qozoqlar - 27,19%
Tatarlar - 6,05%
Olmonlar - 3,66%
Ukrainlar - 2,91%
Beloruslar - 0,82% [1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 4,100 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71541[3]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://maml.sko.kz/
Xaritada
Mamlyut tumani xaritada
54°56′35″N 68°33′0″E / 54.94306°N 68.55000°E / 54.94306; 68.55000

Mamlyut tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-gʻarbiy hududida joylashgan. Mamlyut tumani 1932-yili tashkil topdi. Tuman maydoni 4,10 ming km2. 2011-yil 1-yanvarda tuman aholisi 20,900 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,1 kishi/km². Tuman gʻarbida Jambul tumani bilan, Shimolida Rossiyaning Qoʻrgʻan viloyati, sharqida va janubi-sharqida Qiziljar tumani, janubida Yesil tumani bilan chegaradosh. Tuman markazi Mamlyutka shahri, viloyat markazigacha oraliq masofa 41 kilometr.

2011-yil 1-yanvarda tuman aholisi 20,9 ming kishini tashkil qildi (viloyat aholisining 3,5 %). Aholining zichligi 5,1 kishi/km².

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2][4]

Iqlimi oʻrta kontinentli, qishi sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 18 °C, qahraton kunlari −50°S-gacha pasayadi. Yozi iliq, iyul oyining oʻrtacha harorati 19 °C, ayrim vaqtda 40 — 41°S-gacha koʻtariladi. Yillik yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 300 mm. Tumanda 500-ga yaqin koʻllar bor, ularning 14-tasi tuzli, qolganlari chuchuk suvli.

  1. 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-10
  2. 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
  3. „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
  4. „Социально-экономический паспорт Мамлютского района“ (oʻlik havola — tarix ). Официальный сайт акима Мамлютского района. Qaraldi: 3 июня 2011.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]