Kontent qismiga oʻtish

Lyaodun yarim oroli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lyaodun yarim oroli - Xitoy ning shimoli-sharqida, Sariq dengizning Lyaodun va Gʻarbiy Koreya qoʻltiqlari oraligʻida. Uzunligi 225 km, kengligi 80–130 km. Qirgʻoqlari tekis. Relyefi sertepa tekislik va eng baland joyi 1132 m (Buyunipan togʻi) boʻlgan past togʻlardan iborat. Lyaodun yarim orolio., asosan, ohaktosh, slanets va kvars qumlaridan tashkil topgan. Butalar usadi, oʻrmonlar uchraydi. Tekislik va yotiq yon bagʻirlarda dehqonchilik qilina-di (makkajoʻxori, gaolyan ekiladi). Yirik portlari: Dalyan, Lyuyshun.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil