Kontent qismiga oʻtish

Lebyaji (tuman)

Koordinatalari: 51°30′0″N 78°10′0″E / 51.50000°N 78.16667°E / 51.50000; 78.16667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lebyaji tumani
Лебяжье ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Aqqu
Asos solingan sanasi 1939-yil
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2012) 13 972[1]
Zichligi 1,72 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 80,9%
Ruslar - 11,32%
Ukrainlar - 1,54%
Olmonlar - 1,72%
Tatarlar - 1,43%
Chechenlar - 0,88%
Boshqirdlar - 0,42%
Beloruslar - 0,46%[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 8,1 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71839[2]
Pochta indeksi 140700-140710[3]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Lebyaji tumani xaritada
51°30′0″N 78°10′0″E / 51.50000°N 78.16667°E / 51.50000; 78.16667

Lebyaji tumani 1939-yili tashkil topgan, Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan va janubiy-sharqida rossiyaning Oltoy oʻlkasi bilan, shimolida Sherbaqti tumani bilan chegaradosh, gaʼrbda tuman chegarasi Irtish orqali oʻtadi. Tuman maydoni 806,1 ming km2. Pavlodar shahrigacha oraliq masofa 120 km. Tuman markazi — Aqqu qishlogʻi.

Geografik sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimolida Pavlodar va Sherbaqti tumanlari bilan, sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubida — Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, gʻarbida — May tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan Pavlodar — Semey avtomobil yoʻli oʻtadi.

Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17º-18 °C, iyulniki — +20º+21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm tashkil qiladi.

Tuman aholisining milliy tarkibi (2010-yil 1-yannvar):[4]

  • qozoqlar — 11 306 kishi (80,9 %)
  • ruslar — 1 582 kishi (11,32 %)
  • ukrainlar — 215 kishi (1,54 %)
  • olmonlar — 241 kishi (1,72 %)
  • tatarlar — 200 kishi (1,43 %)
  • chechenlar — 123 kishi (0,88 %)
  • boshqirdlar — 59 kishi (0,42 %)
  • beloruslar — 65 kishi (0,46 %)
  • boshqalr — 181 kishi (1,29 %)
  • Umumiy — 13,972 kishi (100,00 %)

Tuman Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1939-yilgi 16-oktabrdagi farmoniga binoan Lebyaji qishlogʻi markazi bilan Besqaragʻay, Qaganovich va Pavlodar tumanlarini kengaytirish natijasida tashkil topgan. Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan Lebyaji tuman tarqatildi, uning hududi esa Pavlodar tumanining tarkibiga qoʻshildi. Qazaq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1964-yilgi 31-dekabrdagi farmoniga binoan Lebyaji tumani qayta tashkil topdi. Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderli poligonidagi yaderli tajribadan zarar koʻrgan fuqorolarga ijtimoiy himoyalash haqidagi“ qonunga muofiq tuman radiatsiyali xavfli hudud hisoblanadi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 11 qishloq bor: Lebyaji, Baymoʻlda, Jambul, Qazin, Qizilagʻash, Kizilasker, Mayqaragʻay, Malibay, Shaqi, Sharbaqti, Yamishevo.

Tuman hududida 27 ta bilim beruvchi mahkamalar bor, shulardan 1 maxsus oʻrta, 18 oʻrta, 4 asosiy, 1 boshlangʻich, 3 maktab yoshigacha. Shu jumladan 6 filiali bor 305 kishi ishlaydigan bolalar-yosh oʻspirimlar sport maktabi bor.

Tibbiyot obʼektlari 24, uning 1 markaziy tuman kasalxonasi, 1 silga qarshi kasalxona, 8 shifokorlik ambulatoriya, 14 tibbiyot punkti.

Tuman boʻyicha 18 madaniyat obʼektlari, 24 kutubxona va 1 „Bulaq“ kompleksi faoliyat yuritadi. „Aqqu kuyi“ tuman nashri chiqadi. (1940-yildan buyon).

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijtimoiy mehnat qahramonlari:

  • B.Aydarxanov,
  • J.Jangʻojin,
  • B. Ospanov,Uaqap Sizdiqov, Q. Sharbaqbaev
  1. 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-12
  2. „Pavlodar viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-dekabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.
  4. Departament statistiki Pavlodarskoy oblasti, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-12