Kxmer tili
Qiyofa
Kxmer tili | |
---|---|
Milliy nomi | ភាសាខ្មែរ, ខ្មែរ va ខ្មែរ[1] |
Mamlakatlar | Kambodja[2][3] va Vyetnam[4] |
Rasmiylik holati | Kambodja |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 16 600 000 |
Alifbosi | Khmer |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | km[5] |
ISO 639-2 | khm[5] |
ISO 639-3 | khm[5] |
Kxmer tili — mon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.[6]
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gorgoniyev Yu. A., Grammatika kxmerskogo yazika, M., 1966.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ — С. 309.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 5,0 5,1 5,2 (unspecified title)
- ↑ "Kxmer tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |