Kontent qismiga oʻtish

Kotka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KotkaFinlandiyaning jan. qismidagi shahar. Fin qoʻltigʻining shim. qismidagi orollarda, Kyumi-Yoki daryosi quyilishida joylashgan. Aholisi 55,2 ming kishi (1999). Fin qoʻltigʻidagi port (oʻrmon mahsulotlari eksport qilinadi). Mamlakatning oʻrmonchilik sanoati markazi. Taxta tilish, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. Oʻrmon sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil