Kontent qismiga oʻtish

Kislorod yostiq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kislorod yostiq — kisloroddan nafas olish uchun moʻljallangan maxsus moslama. K toʻrtburchak shaklda boʻlib, rezinalangan matodan yasaladi; joʻmrak va mundshtuk ulangan rezina naychasi bor. Yostiqqa 10 l kislorod sigʻadi, u dorixonadagi kislorod balonidan toʻldirib olinadi. Bemorga berishdan oldin yostiqqa jild kiygiziladi yoki toza choyshabga oʻraladi; mundshtukka suv bilan hoʻllangan toza doka yopiladi va bemorning ogʻziga tutiladi, keyin joʻmragi ochiladi. Mundshtukni ishlatishdan oldin qaynatish yoki spirt bilan artish lozim. Kislorod yostiqni faqat vrach buyuradi, undan nafas oldirish chogʻida biror noxush alomatlar paydo boʻlganda, kislorod berish darhol toʻxtatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil