Kontent qismiga oʻtish

Kichik Orol dengizi

Koordinatalari: 46°30′0″N 60°42′0″E / 46.50000°N 60.70000°E / 46.50000; 60.70000
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kichik Orol dendizi
qozoqcha: Солтүстік Арал теңізі
46°30′0″N 60°42′0″E / 46.50000°N 60.70000°E / 46.50000; 60.70000
Kichik Orol dengizi hududining Koʻkorol toʻgʻoni qurilishidan oldingi holati (2005-yil)
Kichik Orol dengizi hududining Koʻkorol toʻgʻoni qurilishidan oldingi holati (2005-yil)
MamlakatQozogʻiston Qozogʻiston
RegionQiziloʻrda viloyati
Dengiz sathidan balandlik42,2 m
Yuzasi3 300 km²
Hajmi27 km³
Eng katta chuqurligi18 m
Oʻrtacha chuqurligi8,7 m
Shoʻrlik9 ‰
Tushuvchi daryoSirdaryo

Kichik Orol dengizi (Kichik Orol, Shimoliy Orol, (qozoqcha: Солтүстік Арал теңізі) — Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyati hududida joylashgan shoʻr suvli koʻl. Orol dengizining Sirdaryodan suv oluvchi shimoliy qismi. Kichik Orol dengizi 1987-yilda Orol dengizining qurishi natijasida vujudga kelgan. Hozirgi koʻrinishi Koʻkaral toʻgʻoni qurilgandan soʻng shakllangan boʻlib, Orol dengizining shimoliy qismini yanada qurib ketishi oldi olindi. 2012-yilda Kichik Orol dengizi va Sirdaryo deltasi Ramsar konvensiyasiga muvofiq xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi[1].

Kichik Orolga bir nechta qoʻltiqlar kiradi: Shevchenko koʻrfazi, Butakov koʻrfazi, sobiq qirgʻogʻida Aralsk joylashgan Katta Sarishganak koʻrfazi, sohilida Jalanash qishlogʻi joylashgan Jalanash koʻrfazi (2010-yilda toʻliq qurigan). Koʻl shuningdek,Beoʻrg bo'g'ozining bir qismini ham oʻz ichiga oladi, uni Ko'karal to'g'oni suv oqimi bilan toʻsib qoʻyadi. Toʻgʻon choʻqqisining balandligi 6 m (45,5 m abs), Kichik dengizni toʻldirish 42,2 m abs gacha boʻlishi kutilmoqda.

2009-yilda dengiz sathi 42 m ni tashkil etdi, shoʻrlanish esa 12‰ gacha kamaydi[2].

Suv sathining tiklanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kichik Orol 2000—2001-yillarda

Kichik Orolni suv tark etmasligi uchun toʻgʻon bilan toʻsib qoʻyishga bir necha bor urinishlar qilingan, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchragach, koʻlning boʻron toʻlqinlari toʻgʻonni vayron qilgan. 2005-yilda Ko‘k Orol to‘g‘oni ishga tushirilgandan keyin vaziyat o‘zgardi. Ikki yil davomida Kichik Orol deyarli butunlay suv bilan toʻldirildi, dengiz orolchaga yaqinlashdi, koʻl va uning sohilidagi iqlim yumshadi. Yaylovlar qayta tiklana boshladi hattoki Kichik Orolga oʻtroq baliqlar qo'yib yuborildi. Kichik Orol dengizini qutqarish “Sirdaryo tubini tartibga solish va Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolish” noyob keng ko‘lamli loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 85,79 million dollar bo‘lib, shundan 64,5 million dollari Jahon banki krediti, 21,29 million dollari esa respublika byudjeti hisobidan ajratilgan. U tartibga soluvchi gidrotexnika inshootlari va agregatlarini qurish va rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi. Asosiy vazifa Orol dengizining Shimoliy qismini saqlab qolishdir, bu shubhasiz global rezonansga ega boʻladi, chunki dengiz hajmining oshishi nafaqat Sirdaryo havzasining qishloq xoʻjaligi va baliq ishlab chiqarishining oʻsishiga, balki mintaqadagi ekologik sharoitlarning yaxshilanishiga olib keladi[3]. Kichik Orolning suv sathi 2010-yilning oktabr oyida 2004-yilga nisbatab 11,5 km³ ortib, 27,1 km³ga yetdi, bu dengizning 870 kvadrat kilometrlik qurigan qismini qoplash imkonini beradi. Umumiy minerallashuvi 1 litrda 23 grammdan 17 grammga kamaygan, baliq yetishtirish 400 kilogrammdan (1990-yillar boshlari) 11000 tonnaga ortgan[4]. Koʻkoral toʻgʻoni tufayli Kichik Orol dengizi achchiq-shoʻr suvsiz suv omboridan yarim oqovali suv omboriga aylantirildi. Sirdaryodan chuchuk suvni qabul qilishi va shoʻr suvni oqova orqali suv toʻgʻonlaridan muntazam chiqib ketishi, koʻldagi tuzni bosqichma-bosqich yuvish uchun sharoit yaratdi. Hozirda Kichik Orol ozgina shoʻrlangan suv ombori boʻlib, minerallashuvi 8-9 ppmni tashkil etadi. Biroq, vaqt oʻtishi bilan u deyarli chuchuk suvga aylanishi mumkin. Sirdaryo deltasi toʻgʻon yonida joylashganligi sababli, chuchuk suvning butun dengiz boʻylab faol aylanishiga toʻsqinlik qiladi va suvni tuzsizlantirish jarayoni sekinlashtiradi. Loyihaning qiymati 23 milliarddan ortiq. Kichik Orol dengizining maydoni 3151 kv.km dan 4645 kv.km gacha oshadi, uning minerallashuvi 8 g/l gacha kamayadi[5]. Biroq, loyiha kechiktirildi. 2020-yil holatiga koʻra, zarur mablagʻ ajratilmagan, toʻgʻonni 6 metrga oshirish koʻzda tutilmagan, suv maksimal darajada boʻlgani sababli ortiqcha suv oqizib kelingan. Hozirda esa, toʻgʻon yaroqsiz ahvolda ekanligi aytilmoqda. Loyihani rivojlantirish boʻyicha harakatlar yuzasidan xalqaro darajada kelishmoqchiliklar ham mavjud[6].

Kelajakda kutilayotgan ishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirdaryo daryosining oʻzanini tartibga solish boʻyicha 2-loyiha doirasida Koʻkaral toʻgʻonining balandligini 6 metrga oshirish hamda Berg boʻgʻozidan Shevchenko koʻrfaziga qadar boʻlgan suv tarmoqlarini Katta Orol dengiziga yoʻnaltirish koʻzda tutilmoqda. Shu bilan birga, Shimoliy Oroldagi suv hajmini 27 km³ dan 59 km³gacha ko'tarish, bu esa Kichik Orol suvlarini Katta Orol dengiziga yaqinlashtirish imkonini beradi[7]. Bu esa oʻz navbatida Orolga taxminan 1 km yaqinlashtiradi.

2018-yilda boshlanishi koʻzda tutilgan ishlar hajmiga quyidagilar kiradi:

  • Orol dengizining shimoliy qismini rekonstruksiya qilish - Boltiqboʻyi shkalasi boʻyicha 42 metrdan 48 metrgacha boʻlgan Koʻkaral toʻgʻonini qurish;
  • Sirdaryo havzasining Qozogʻiston qismida faoliyat yuritadigan suv xoʻjaligi markazlarini qaytadan qurish;
  • Qiziloʻrda gidrouzelining tartiblovchi shlyuzini tiklash;
  • Sirdayro hududida Qoʻrgʻansha hamda Turumbet kanallarini toʻgʻrilash;
  • Qozali tumani Birlik qishlogʻida avtomabillar uchun koʻpriklar qurish;
  • Qamistibas va Aqshatau koʻl tizimlarini tiklash;
  • Orol tumanidagi Qamistibas baliq boqish uchun moʻljallangan baliq hovuzlarini qaytadan rekonstruksiya qilish.

Topografik xaritalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. "Lesser Aral Sea and Delta of the Syrdarya River" (en). Ramsar Sites Information Service. 25-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2018-yil.
  2. „Материалы XI научного семинара «Чтения памяти К.М. Дерюгина»“ (deadlink) 48 (49). Санкт-Петербургский университет (2009). 2012-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
  3. Долгий путь к морю, «Водное хозяйство Казахстана» / 2 (52) 2013 г., стр. 12“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named mail
  5. „Северный Арал: эпоха возрождения“. ibirzha.kz. 2019-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-dekabr.
  6. „Восстановление Северного Арала тормозится высотой дамбы и международными разногласиями | Eurasianet“ (en). russian.eurasianet.org. 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named rus.ec