Kontent qismiga oʻtish

Kamensk-uralskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kamensk-uralskiy - Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1935-yildan). Kamenka daryosi Iset daryosiga quyilish yerida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 198 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Alyuminiy, quvur, elektromexanika zavodlari bor. Rangli metallurgiya uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat korxonalari, Krasnogorsk issiklik elektr markazi, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. K.-U. 17-asr oxirida vujudga kelgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil