Kontent qismiga oʻtish

Jizya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jizya (arab. — jon soligʻi) — dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo)da musulmon boʻlmagan fuqarolardan olingan jon soligʻi. Davlat musulmon boʻlmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim boʻlgan. Shuning evaziga ulardan J. undirilgan. J. balogʻatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan ozod qilingan). J. asosan pul va natura tarzida undirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil