Kontent qismiga oʻtish

James Chadwick

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Chadwick

James Chadwick (talaffuzi: Jeyms Chadvik) (1891.20.10, Manchester 1974.24.7) - ingliz fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Ernest Rutherfordning shogirdi. Manchester va Kembrij universitetlarini tugatgan. 1943—45 yillarda LosAlamos (AQSH)dagi atom bombasi loyihasi ustida ish olib borayetgan bir guruh olimlarni boshqargan. Liverpul universiteti prossori (1935—48), Kembrij universiteti qoshidagi Ganvill va Kiz kolledji direktori (1948—58). Ilmiy ishlari atom yadrosi fizikasiga oid. Betanurlanish energiyasining tutash spektrini kashf etgan (1914), yadroda alfazarralar sochilishini oʻrganib, yadro zaryadini bevosita oʻlchagan (1920) va Rezerford atom nazariyasini uzilkesil tasdiqlagan. Berilliyni alfazarralar bilan nurlatganda vujudga keladigan nurlanishni oʻrganib, neytronni kashf etgan (1932). Nobel mukofoti laureati (1935)[1][2].

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil