Isaac Albéniz
Isaac Albéniz | |
---|---|
Tavalludi | 29-may 1860[1][2][3] |
Vafoti | 18-may 1909[1][2] |
Fuqaroligi | Ispaniya[4] |
Isaac Manuel Francisco Albéniz y Pascual (talaffuzi: Isaak Manuel Fransisko Albenis i Paskual; 1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya — 1909.18.5, Kambole Ben, Fransiya) — ispan kompozitori va pianinochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Budapesht, Madridda taʼlim olgan. Albénizning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepiano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs anʼanalari va mumtoz musiqa uygʻunlashtirilgan: fortepiano uchun „Ispan syuitasi“ (1886), „Ispaniya“ (1890), „Iberiya“ (1905-1909) va boshqa „Kataloniya“ (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar („Muqaddas Antoniy“, 1894 va boshqalar), opera („Genri Klifford“, 1895-yil va boshqalar), romanslar va boshqa yaratgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 — Т. 1. — С. 40.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |