Kontent qismiga oʻtish

Gavhar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gavharqimmatbaho tosh; brilliant, javohir; sunʼiy usulda qirralangan, tarashlangan va sayqal berilgan olmosning xalqtilidagi nomi. Tomonlari 90 60 90 boʻlgan 6, 8, 12, 16, 24, 36, 48 va undan koʻp qirrali boʻladi. Qirralariga tushgan nur turli ranglarga parchalanishi tufayli gavhar kamalakdek tovlanadi. Zirak, uzuk, shoda, toʻgʻnogʻich kabi ziynat buyumlariga ishlatiladi. Yirik G.lar asrlar boʻyi saqlanib, koʻpincha ularda qaysi yili kimning qoʻliga tushganligi va qayerda saqlanganligi yozilgan boʻladi. Bunday G.lar tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, maxsus roʻyxatga olinadi. Xalq tilida dur, marvarid va b. qimmatbaho toshlar ham gavhar deb yuritiladi (yana q. Olmos).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil