Kontent qismiga oʻtish

Diatonika

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diatonika (dia... va ton) — 1) yetti tovushli musiqa tizimi; tovushlari sof kvintalar boʻylab joylashtirilishi mumkin boʻlgan. D.ning pogʻonamapogʻona izchilligi odatda ton va yarim tonlardan tashkil topadi. Amaliyotda — Sharq, xususan oʻzbek musiqasida keng uchraydigan yetti tovushli diatonik tovushqatorlar (umumbashariy nomda): ioniy (tabiiy major), eoliy (tabiiy minor), doriy, frigiy, lidiy, miksolidiy, lokriy. Yana q. Gamma; 2) xromatik (oʻzgartirilgan) pardalarga ega boʻlmagan musiqa tovushqa-tori. Tovushlar soni 12 gacha boʻlishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil