Chaïm Perelman
Chaïm Perelman | |
---|---|
Tavalludi |
1912-yil 20-may Varshava, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1984-yil 22-yanvar Ukkel, Bryussel hududi, Belgiya |
Fuqaroligi | Belgiya, Polsha |
Chaïm Perelman (fransuzcha: Chaïm Perelman; 1912-yil 20-may, Varshava - 1984-yil 22-yanvar, Bryussel) — belgiyalik olim, faylasuf, logik, professor, huquq fanlari doktori (1934), falsafa va matematika fanlari doktori (1938).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1925-yilda Varshavadan Antverpenga (Belgiya) emmigratsiya qilgan yahudiy oilasida tugʻilgan. Bryussel erkin universitetida tahsil olgan.
Perelman 1934-yilda huquq fanlari doktori boʻldi va 4 yildan soʻng u Gottlob Frege haqida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, falsafa boʻyicha ikkinchi doktorlik darajasini oldi. 1934-yilda uni Erkin universitetga falsafa va adabiyot kafedrasiga dars berish uchun taklif qilishdi. 1944-yilda Bryusseldagi Erkin universitetida mantiq va metafizika professori boʻldi va shu tariqa ushbu taʼlim muassasasi tarixidagi eng yosh professorga aylandi.
Falsafa va adabiyot fakulteti dekani, pedagogika bilim yurti direktori boʻlgan.
Perelman Xalqaro falsafiy jamiyatlar federatsiyasi bosh kotibi, Belgiya falsafa jamiyati va Belgiya mantiq va fan falsafasi jamiyati prezidenti boʻlgan. U Quddus Ibroniy universiteti boshqaruv kengashi aʼzosi va Ibroniy universitetning Belgiyalik doʻstlari tashkilotining bosh kotibi boʻlgan.
U XX asrning zamonaviy gumanizm falsafasi tarafdorlaridan boʻlib, 1973-yilda" Ikkinchi gumanistik manifest"ni imzolagan.
Perelman 1984-yil 22-yanvarda Bryusseldagi oʻz uyida yurak xurujidan vafot etdi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Perelman XX asrning yetakchi argumentatsiya nazariyotchisi.
Uning dastlab yozgan koʻp asarlari matematik mantiq bilan bogʻliq. Adolat tushunchasiga va deduktivdan tashqari diskursiv fikrlash shakllariga alohida eʼtibor berdi.
Olim 1950-yillarda shakllangan Bryusseldagi „yangi ritorika“ maktabini boshqargan. Perelman ijodi XX asrning ikkinchi yarmida ritorik renessansning boshlanishini belgilab berdi, ritorika („yangi ritorika“) rivojlanishida yangi davrning manbai va neorritorika - argumentativ ritorikaning yangi yoʻnalishining asosi boʻldi.
Bryusseldagi Erkin universitetning Mantiq sohasidagi ilmiy izlanishlar milliy markazida direktor sifatida ishlab yurganida huquq sohasini oʻrganish ishlariga salmoqli hissa qoʻshgan.
Tanlangan ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- О произвольности в познании (1933)
- О справедливости (1945)
- Философия и риторика (1952)
- Новая риторика: Трактат по аргументации (в соавторстве с Л.Ольбрехт-Тытекой, 1958)
- Справедливость и разум (1963)
- Droit, morale et philosophie (1968)
- Le Champ de l’argumentation (1969)
- Logique juridique (1976)
- L’Empire rhétorique (1977)
- Le Raisonnable et le déraisonnable en droit (1984) и др.
Perelman universitetlar uchun „An Historical Introduction to Philosophical Thinking“ oʻquv qoʻllanmasi va butun dunyo boʻylab falsafiy jurnallarda chop etilgan koʻplab maqolalar muallifi.
Rus tilidagi nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Перельман, Х.; Олбрехт-Тытека, Л. Из книги «Новая риторика: трактат об аргументации» // Язык и моделирование социального взаимодействия. — М.: Прогресс, 1987. — С. 207—264
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1962-yilda ijtimoiy fanlar boʻyicha Francqui mukofoti bilan taqdirlangan.
- Uning xizmatlari va erishgan yutuqlari inobatga olinib, Perelman 1983-yil dekabr oyida Belgiya qonun chiqaruvchi organi tomonidan baron unvoni bilan taqdirlandi.