Buster
Qiyofa
Buster (ing. booster, boost — bosim, kuchlanishni oshiraman) — yuk ancha ortib ketgan vaqtda asosiy mexanizm yoki mashinaning taʼsir kuchi va tezligini oshiradigan yordamchi qurilma. Aviatsiyada tez uchar samolyotlarni boshqarish zanjiridagi gidravlik, elektrik yoki pnevmatik qurilma; raketa texnikasida —eltuvchi raketa, koʻp bosqichli raketaning birinchi bosqichi, startdagi tezlatkich; elektrotexnikada (eskirgan nomi) — tarmoqdagi elektr kuchlanishini maromlash uchun tarmoqqa ulanadigan qoʻshimcha elektr toki manbai yoki transformator.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |