Bulandi (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqmoʻla viloyati |
Maʼmuriy markazi | Makinsk |
Asos solingan sanasi | 1930-yil |
Akim | Balpan Murat Sagʻatovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2013) | 34,768[1] |
Zichligi | 5,4 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Ruslar - 44,80% Qozoqlar - 35,19% Olmonlar - 6,24% Ukrainlar - 4,82% Ingushlar - 2,29% Beloruslar - 1,78% Tatarlar - 1,51% boshqalar - 3,37%[2][3] |
Dinlar tarkibi | xristianlar, musulmonlar |
Maydoni | 6 400 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71646 [4] |
Pochta indeksi | 020500-020513[5] |
Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
Rasmiy sayti | http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html |
Xaritada | |
52°37′45″N 70°25′1″E / 52.62917°N 70.41694°E |
Bulandi tumani — Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Tuman 1930-yili Makinskiy tumani nomi bilan tashkil topgan. Aholisi 34,768 kishi (2013). Maydoni 6 400 km². Tumanning maʼmuriy markazi — Makinsk shahri.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Shimoliy tomonidan Burabay, shimoli-sharqidan Yenbekshilder, sharqidan Oqkoʻl, janubida Astraxan, janubi-gʻarbida Otbosar, gʻarbida Sandiqtau tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali 343,7 km avtomobil yoʻli oʻtadi, uning 31 km respublika, 110 km viloyat, 202,7 km tuman ahamiyatiga egadir. Olmaota — Ostona — Petropavlovsk temir yoʻli va Ostona — Koʻkchatov avtomobil yoʻli oʻtadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisining soni 36 638 kishi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 7,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]
- ruslar — 16 426 kishi (44,80 %)
- qozoqlar — 12 903 kishi (35,19 %)
- olmonlar — 2 289 kishi (6,24 %)
- ukrainlar — 1 767 kishi (4,82 %)
- ingushlar — 839 kishi (2,29 %)
- beloruslar — 653 kishi (1,78 %)
- tatarlar — 554 kishi (1,51 %)
- polyaklar — 192 kishi (0,52 %)
- armanlar — 174 kishi (0,47 %)
- boshqalari — 871 kishi (2,38 %)
- Umumiy — 36 668 kishi (100,00 %)
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1936-yili 29-iyulda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining, 1939-yili 14-oktyabrda Oqmoʻla viloyatining tarkibiga kirdi. 1957-yili tuman markazi Voznesenka qishlogʻidan Makinsk shahriga koʻchirildi. 1963-yili yanvar oyida tuman parchalinib, 1964-yili qaytadan tashkillashtirildi. 1997-yili 14-noyabrdan boshlab Bulandi tumani boʻlib nomlanmoqda. Tuman markazi — Makinsk shahri, 1914-yili qishloq mavqei bilan tashkil topib, 1945-yili tuman ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi.
Katta qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oynakoʻl qishlogʻi
- Amangeldi qishlogʻi
- Voznesen qishlogʻi
- Danilov qishlogʻi
- Yerkoʻl qishlogʻi
- Juravlev qishlogʻi
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 14 ta klub, 30 ta kutubxona, 40 dan ziyod umumiy bilim beruvchi maktablar (ikkitasi maktab-bola bogʻcha), musiqa maktabi, bolabogʻchalar, kasbiy-texnik uchilish, 30 ta tarixiy obidalar, 5 ta monument bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, shifoxona, 8 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar, tez yordam statsionarlar, 3 ta feldsher-akusherlik, 24 ta feldsherlik punktlar xalqqa xizmat qilmoqda. Qozoq tilida „Bulandi tani“ va rus tilida „Vesti Bulandi“ ijtimoiy-siyosiy gazetalari chiqariladi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi II tom
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Informatsiya o rayone na sayte oblasti (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan)
- Bulandinsi v regionalnoy sotsialnoy seti (Wayback Machine saytida 2009-03-03 sanasida arxivlangan)