Bostirma
Qiyofa
Bostirma — toʻrt tomoni yoki ikki yoni va oldi ochiq usti yopiq bino; ayvonning bir xili; usti yengilgina yopiladi. Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalq binokorligida qadimdan keng tarqalgan. Asosan, xoʻjalik maqsadlarida (roʻzgʻor buyumlarini saqlash, pichan, gʻoʻzapoyalarni bosib qoʻyish uchun, yozgi oshxona, oʻtinxona yoki molxona sifatida) foydalanilgan. Hozir B.dan dala shiyponlari, shuningdek yakka tartibdagi qishloq turar joy meʼmorligida yengil inshoot sifatida foydalaniladi. Usti yopiq uzun yoʻlak ham B. deb nomlanadi. Uy sifatida ham foydalansa bo'ladi
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |