Boʻyin
Boʻyin — gavdaning bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi; tepadan bosh, pastdan koʻkrak qafasi bilan chegaralangan. Boʻyinning orqa qismi ensa, oldingi yuzasi haqiqiy boʻyindir. Ensa qismi faqat muskullardan tashkil topgan boʻlib, oldi tomonida hiqildoq, kekirdak va ularning oldingi yuzasida qalqonsimon bez joylashgan. Boʻyinning oʻrta chizigʻi sohasida qalqonsimon togʻayning boʻrtgan qismi "adam olmasi" (koʻproq erkaklarda) koʻrinib turadi. Boʻyinning ikki yonida qon tomirlar, nervlar va nozik muskullar bor. Uning tepa qismida (pastki jagʻ ostida) jagʻ osti bezi joylashgan; bez yoʻli ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi, koʻpincha bolalarda nay orqali mikroblar bezga borib uni yalligʻlantiradi — "tepki" boʻladi. Boʻyinning pastki qismida (toʻsh suyagining ustki yuzasida) vena qon tomiri chitali bor. Boʻgʻma kasalligida kekirdakni ochib havo yuborganda, vena kesilganda yoki jarohatlanganda havo soʻrilib, yurakni toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Boʻyinda teri osti muskuli borligi uchun teri harakatchan boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |