Kontent qismiga oʻtish

Boʻronqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boʻronqushlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

BOʻRONQUSHLAR (Puffinus) - nay burunlilar turkumi urugʻi. Suvda yashashga yaxshi moslashgan dengiz kushlari. Panjalari orasida suzgich pardalari bor. Tumshugʻi uzun va uchi ilmoqqa oʻxshash qayrilgan, tashqi burun teshigi maxsus nay uchida joylashgan, pati qalin. Qanotining tirsak suyagi uzun. Nari bilan modasining rangi bir xil. Qora dengizda shimol boʻronkushi (R. puffi nus), Tinch okean sohillarida ingichka tumshuqli boʻronqush (P. tenuirostris) va boʻz boʻronqush (P. griscus) uchraydi. Oʻzbekistonda yashamaydi. B. parvoz qilishda suv toʻlqinlari ustida hosil boʻladigan havo quyunlaridan foydalanadi. Hayoti suv bilan bogʻliq. B. yaxshi uchadi va suzadi, lekin uncha shoʻngʻiy olmaydi. Shuning uchun baliq va har xil dengiz umurtqasiz hayvonlarini suv betidan tutib yeydi. Quruqlikka faqat urchish vaqtida chiqadi. B. monogam qush. Tuxum qoʻyish uchun maxsus uya yasamaydi; bir dona tuxumni ochiq yerga yoki toshlar orasiga qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjani jigʻildonida hosil boʻladigan boʻtqa bilan boqadi, joʻjalar uchirma boʻlishidan bir necha kun oldin otaona qushlar dengizga uchib ketadi. B.ning goʻshti va tuxumi isteʼmol qilinadi, patidan ham foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil