Kontent qismiga oʻtish

Biostratigrafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biostratigrafiya (bio... va stratigrafiyalan) — stratigrafiyaning boʻlimi, choʻkindi qatlamlar nisbiy yoshini va turli hududlarda bir xil yoshdagi qatlamlar nisbatini anik,lash maqsadida choʻkindi qatlamlardagi qazilma organizmlar qoldiqlarining taqsimlanishini oʻrganadi. B.ning vazifasi qatlamlarning nisbiy yoshi shkalasini ishlab chiqishdan iborat. Biostratigrafik zonalarning ketmaketligi geologik kesimda turli sistematik rangga yoki ularning majmuiga tegishli oʻlib bitgan qazilma organizmlar qoldiqlarini almashinishini aks ettiradi. Zonalarni, birinchi navbatda biozonalarni ajratishda nisbatan qisqa davrda yashab oʻtgan, ammo keng tarqalgan, zich yashagan va turli xil boʻlgan guruhlar (mas, nummulentlar, dinozavrlar va boshqalar) ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Zonalar koʻpincha baʼzi oʻlib bitgan organizmlar (mas, marjonlar) guruhining evolyutsiyasi bosqichlari bilan asoslanadi. B. uchun qad. zarrabin organizmlarni oʻrganish (mikropaleontologiya) muhimdir. Plankton organizmlar qoldiqlari oqimlar bilan uzoq masofalarga tarqalishi natijasida zonalar hududi ham shunga muvofiq boʻladi.

B. qadimgi organizmlar yashash sharoitlarini tiklash maqsadida bir davrda, lekin turli sharoitlarda yashagan organizmlar majmuini oʻxshash sharoitlarda, lekin turli davrda yashagan organizmlar majmuidan farqlash uchun paleontologiya metodlarini keng qoʻllaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil