Kontent qismiga oʻtish

Bell laboratoriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bell Laboratories

Myurrey Hilldagi Bell laboratoriyasi
Turi xususiy kompaniya, Ilmiy tadqiqot institutlari va nashriyotchi
Xizmatlari dasturiy taʼminotlar, telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqarish
Egasi Nokia
Qachon asos solingan 1925
Joylashuvi Myurrey Hill
Asoschi(lari) Alexander Graham Bell
Vebsayti https://www.bell-labs.com

Bell laboratoriyasi (Bell Laboratories shuningdek, Bell Labs, ilgari AT&T Bell Laboratories, Bell Telefon Laboratories nomi bilan ham tanilgan) - sobiq amerika, hozir Finlandiya-Amerika korporatsiyasi, telekommunikatsiya, elektron va kompyuter tizimlari sohasidagi yirik tadqiqot markazi. Bell Labs shtab-kvartirasi Nyu-Jersi (AQShning Murray Xill shahri)da joylashgan.

1883-yilda AT&T Bostonda Mexanika bo'limiga asos soldi, bo'lim keyinchalik muhandislik bo'limi deb nomlana boshladi. 1907-yildaWestern Electric va AT&T tadqiqot guruhlari Western Electric Engineering Department'ga (Nyu-York) birlashtirildi, natijada ular 1925-yil 1-yanvarda AT&T muhandislik boʻlimi bilan birlashib, Bell Telephone Laboratories, Inc[1] nomli tadqiqot markazini tashkil qildilar.

1996-yil 30-sentabrda Lucent Technologies AT&T kompaniyasidan ajralib chiqdi, unga Bell Labs va Western Electric kirar edi.

2002-yilda fizik Yan Hendrik Shon 2000-yillarning boshlarida koʻplab tadqiqotlarni soxtalashtirishda ayblanib, Bell Labs laboratoriyasidan ishdan boʻshatildi. Bu kompaniya tarixidagi birinchi bunday holat edi[2][3]

2003-yilda Myurrey Hillda Nyu-Jersi nanotexnologiya laboratoriyasi tashkil etildi[4]

2006-yil 1-dekabrda Lucent Technologies Fransiyaning Alcatel kompaniyasi bilan birlashib, Alcatel-Lucentga aylandi. Bell Labs Alcatel-Lucent korporatsiyasining tadqiqot markaziga aylandi.

2008-yilda materialshunoslik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlar to'xtatilganligi e'lon qilindi. Buning o'rniga, tadqiqot markazi Alcatel-Lucent bosh kompaniyasi talablariga e'tibor qaratildi.

2016-yilda Alcatel-Lucentni sotib olinishi natijasida Bell Labs Finlandiyaning Nokia kompaniyasi nazoratiga o'tdi.

O'tgan yillar davomida kompaniya radioastronomiya, tranzistor, lazer, kvarts soati, axborot nazariyasi, UNIX operatsion tizimi va C, C++ dasturlash tillari kabi ko'plab inqilobiy texnologiyalarni ishlab chiqdi. Bell Labs olimlari yettita Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[5]:

  • 1937-yil - Klinton Jozef Devisson fizika bo'yicha Jorj Tomson bilan "elektronlarning kristallar diffraksiyasini eksperimental kashfiyoti uchun" mukofotni qo'lga kiritdi. Bu moddaning to'lqin tabiatining birinchi eksperimental isboti edi. Ushbu fundamental tadqiqot zamonaviy qattiq jismli elektronikada qo'llanila boshladi.
  • 1956-yil - Jon Bardin, Uilyam Bredford Shokli va Uolter Xauzer Brattain 1947-yilda tranzistor ixtirosi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.
  • 1977-yil - Filipp Uorren Anderson Nevill Frensis Mott va Jon Xasbrouk Van Vlek bilan birgalikda "magnit va tartibsiz tizimlarning elektron tuzilishini fundamental nazariy tadqiqotlari uchun" mukofotini oldi.
  • 1978-yil - Arno Allan Penzias va Robert Vudro Uilson ilgari Katta portlash nazariyasi tomonidan taxmin qilingan kosmik mikroto'lqinli fon nurlanishini kashf etgani uchun Nobel mukofotining yarmini olishdi. Mukofotning ikkinchi yarmi Petr Leonidovich Kapitsaga topshirildi.
  • 1997-yil - Stiven Chuga Klod Koen-Tannoudji va Uilyam Deniel Filipsga "atomlarni lazer nurlari bilan sovutish va ushlab turish usullarini ishlab chiqqani uchun" fizika bo'yicha mukofot berildi.
  • 1998-yil - Horst Lyudvig Stormer, Robert Betts Laflin va Daniel Chi Tsui Xoll kasr kvant effektini kashf etganliklari va tushuntirishlari uchun mukofot oldilar.
  • 2009-yil - Uillard Boyl va Jorj Elvud Smit "optik yarimo'tkazgichli sensorlar - CCD massivlarini ishlab chiqqanliklari uchun" fizika bo'yicha mukofotning yarmiga sazovor bo'lishdi.
  1. http://www.westernelectric.com/history/WEandBellSystemBook.pdf (Wayback Machine saytida 2015-07-22 sanasida arxivlangan) Western Electric and the Bell System book
  2. http://physicsworld.com/cws/article/news/9951 (Wayback Machine saytida 2010-05-15 sanasida arxivlangan) 2002-09-25, «Bell Labs physicist fired for misconduct»
  3. http://physicsworld.com/cws/search?query=%22scientific+misconduct+by+J+Hendrik+Schön%22 Фальсификации Яна Хендрика Шёна
  4. „アーカイブされたコピー“. 2008-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-sentyabr. «Bell Labs Nanofabrication»
  5. http://www.alcatel-lucent.com/wps/portal/BellLabs/AwardsandRecognition#tabAnchor2 Awards and Recognition: Awards