Kontent qismiga oʻtish

Barcena vulqoni

Koordinatalari: 19°18′29″N 110°48′24″W / 19.30806°N 110.80667°W / 19.30806; -110.80667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barcena vulqoni
Vulqon Barcena
Turi Shlakli konus
Joylashuvi San Benedicto oroli, Meksika bayrogʻi Meksika
19°18′29″N 110°48′24″W / 19.30806°N 110.80667°W / 19.30806; -110.80667
Trans-Meksika vulqon zanjiri

Barcena vulqoni — Meksikaning San-Benedikto orolining janubiy qismida joylashgan faol, ammo hozirda otilayotgan shlakli konus turidagi vulqon. Meksikadagi Revillagigedo orollari deb nomlanuvchi vulqon orollari zanjiri bilan bir jamoada joylashgan. Bu orollar bir-biriga yaqin joylashgan va bu zanjir Tinch okeanida joylashgan. Ular, shuningdek, Trans-Meksika vulqon kamarining ham bir qismi hisoblanadi. Barcena vulqoni Quyi Kaliforniya yarim orolining janubi-sharqiy qirgʻogʻidan 220 milya (353,98 kilometr) uzoqlikda joylashgan[1]. Barcena vulqoniga eng yaqin shahar — Kabo San Lukas shahri hisoblanadi[2].

Portlash/yaralishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcena vulqoni 1952-yil 1-avgustda boshlangan bir qator otilishlar natijasida paydo boʻlgan. Birinchi otilish erta tongda sodir boʻlgan va vulqon shkalasi boʻyicha 3,0 ball bilan baholangan[3]. Ushbu vulqon otilishi natijasida osmonga juda koʻp miqdorda kul tarqalgan, atrifga esa toshlar sachratilgan. Otilish vulqon poydevorining shakllanishi va orolning umumiy kengayishiga sabab boʻlgan, ikkinchi otilish vulqon konusining ichida katta kraterning paydo boʻlishiga zamin yaratdi, uchinchisida esa orol vulqon sababli qalin lava qoplamasi bilan qoplandi[4]. Barcena vulqonidagi asosiy portlashlar shlakli konus ogʻzidagi asosiy kraterdan otilib chiqqan. Vulqonni yaratgan otilishlar seriyasi uetti oydan kamroq vaqt oʻtgach oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻzining eng yuqori choʻqqisida Barcena vulqonining balandligi 1090 futga (332 metr) ga teng. Vulqon bugungi kunda ham faol vulqonlar roʻyxatida turadi. Lekin 1953-yildan buyon vulqon harakati kuzatilmagan.

  1. Speck, Susan. „Socorro Islands.“ ScubaWizard.com — The Most Comprehensive Scuba Diving Site Around. 2 May 2007. Web. 18 Feb. 2011. <http://www.scubawizard.com/articles/articles/3/1/Socorro-Islands/Page1.html>.
  2. Virtual Mexico. „Baja California Mexico including La Paz, Ensenada, Los Cabos, San Felipe, Loreto, Mulege.“ Virtual Mexico: Maps, Mexico Travel, Mexican Art, Crafts, Hotels. Web. 18 Feb. 2011. <http://www.virtualmex.com/baja.htm (Wayback Machine saytida 24-noyabr 2018-yil sanasida arxivlangan)>.
  3. Caine, Fraser. „Barcena Volcano.“ Universe Today. 5 June 2009. Web. 18 Feb. 2011. <http://www.universetoday.com/32083/barcena-volcano/>.
  4. Search, John. „Bárcena Volcano, Mexico — John Seach.“ Volcano Live, John Seach. Web. 16 Feb. 2011. <http://www.volcanolive.com/barcena.html>.