Kontent qismiga oʻtish

Avtosalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtosalon– avtomobillar yangi modellari namoyish etiladigan va sotiladigan koʻrgazma (yoki uning bir boʻlimi). Oʻzbekistonda avtosalonlar asosan 1994-yildan boshlab ochila boshlagan. Avtosalonlarning asosiy qismi Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("Oʻzavtosanoat") va maishiy xizmat tizimidagi "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiyatining viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga qaraydi. 1999-yilda Oʻzbekistonda 77 ta avtosalon ishladi. Toshkent shahrida 16 ta avtosalon ishlab turibdi. Avtosalonlarda Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "Neksiya", "Damas" va "Tiko"avtomobillari, shuningdek, "Fiat" (Italiya), "Shevrolet", "Kadillak", "Kraysler" (AQSH), "Kartal", "Da-gan", "Iveko", "Karson" (Turkiya) singari xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, avtobuslar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa ham namoyish qilinadi. Ayrim avtosalonlarda sotuvga chiqarilgan avtomobillarni sotuv oldi koʻrigini oʻtkazish, qismlarini sotishga buyurtma qabul qilish, servis va sotuv oldi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil