Kontent qismiga oʻtish

Arktika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arktika — Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya (Grenlandiya), Norvegiya, AQSh (Alaska), Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi. Odatda Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy Qutb doirasiga deyarli tugʻri keladi. Umumiy maydoni taxminan. 21,3 mln. km², shundan 14,2 mln. km² suv yuzasiga toʻgʻri keladi. Arktikaning quruklik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbergen) hududlarining bir qismini oʻz ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga koʻra, Arktika orollarining koʻproq (Shimol) qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va janubiy orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining Shimol qismini oʻzlashtirishda shu yerdan oʻtadigan Shimoliy dengiz yoʻli katta rol oʻynagan.

Arktikaning joylashuvi
Arktika mintaqasining sunʼiy boʻyalgan topografik xaritasi
Ushbu mintaqaning MODIS tasviri

Geologik tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arktika hududida asosan qadimgi kristall qalqonlar va platformalar, quyi paleozoy, yuqori pa-leozoy va mezozoy burmali strukturalari uchraydi. Uchlamchi davrning oʻrtalarigacha Arktikaning koʻp qismi quruklik va iqlimi iliq hamda sernam boʻlgan. Soʻngra yer choʻkib, Shimoliy Muz okeanining asosiy botiklari paydo boʻlgan. Ayni vaqtda suv osti tizmalari va ostonalar hamda Arktika quruklik qismining ayrim joylari, ayniqsa, Osiyoning Shimol-sharqi, Taymir, Ural, Grenlandiya va Elsmir o. koʻtarilgan. Bunday harakatlar toʻrtlamchi davrda ham davom etgan va baʼzi bir rayonlarda (Shpitsbergen, Osiyoning Shimol-sharqi va boshqalar joylarda) vulkanlar otilib turgan. Toʻrtlamchi davrda iqlim sovib ketgan. Natijada muzliklar paydo boʻlgan. Bu muzliklar Arktikadan uzoq masofagacha bostirib borgan. Arktikaning koʻpgina qismlarida, ayniqsa Grenlandiya dengizida va Laptevlar dengizida 6-8 ballgacha yer qimirlash va dengiz zilzilasi boʻlib turadi.

Foydali qazilmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arktikada toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir konlari, toshtuz, rangli va nodir metall rudalari, optika xom ashyosi va boshqalar foydali qazilmalar bor.

Yevrosiyo materik qismining yer yuzasi asosan Rossiya tekisligining, Gʻarbiy Sibir pasttekisligining Shimol chekka qismlari va boshqalardan iborat. Shu bilan birga, bu yerga baʼzi togʻlar ham kirib kelgan, bulardan Osiyoning Shimol-sharqidagi togʻlar, Taymir yarim orolidagi Birranga va Ural togʻlarining Shimol qismi Arktikaning yirik togʻlaridir. Shimoliy Amerikaning materik qismida pastroq (asosan 200 — 400 m) yassitogʻliklar katta maydonni egallaydi. Arktikadagi barcha orollar kelib chiqishi boʻyicha materik orollardir va Grenlandiyadan boshqalari materik sayozligida oʻrnashgan. Orollarning yer yuzasi koʻpincha togʻlardan iborat. Eng baland togʻlar Grenlandiyaning sharqida (Gunbyorn togʻi 3700 m — Arktikaning eng baland choʻqqisi), Baffin Yerida va Elsmir o.da. Materik sayozligining kengligi Yevrosiyo qirgʻogʻi yaqinida 1200 — 1300 km. Materik sayozligidan okeanning markaziy qismiga tomon qator tizmalar va balandliklar joylashgan. Ulardan eng yirigi Kanada Sibir soyligini hamda Grenlandiya Yevropa soyligini ajratib turadigan Lomonosov tizmasidir.

Arktika iqlimining asosiy xususiyati yil davomida temperaturaning past boʻlishidir. Yozda ham quyosh pastda boʻlganidan yerni kam isitadi. Qishda esa havo haddan tashqari soviydi (qutb kechasi uzoqdavom etadi). Yilda 1 sm2 ga 50 — 80 kkal issiklik tushadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Atlantika boʻyi sektorining janubda — 3° boʻlsa, markaziy qismida — 40° ga yetadi, iyulniki 10° dan (janubiy chegarada) 0° gacha (markaziy qismida). Shimoliy qutb yaqinida eng past temperatura — 55°, — 60° va eng yuqori temperatura 6°. Arktikada qish.

Arktikaning markaziy qismida shamol u qadar kuchli boʻlmaydi, janubiy chekkasida tez-tez kuchli (15 m/sek va undan ortiq) shamollar boʻlib turadi. temperatura past va bugʻlanish kam boʻlganidan havoda mutlaq namlik koʻp emas. Markaziy qismida yiliga 75-100 mm, janubiy chekkasida 300 — 400mm yogʻin yogʻadi. Arktikada qishda qor boʻronlari boʻlib, tuman tushadi. Hammayoqni budut qoplab yotadi. Yozda yogʻin tez-tez yogʻibturadi. temperatura past boʻlganligidan muzloqerlar koʻp. Baʼzi bir rayonlarda (Alyaska,Sharqiy Sibir) qazilma muzlar bor.

Ichki suvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arktikaning materik qismida daryo koʻp. Bu daryolar yiliga 8-10 oy muzlaydi. Tundra zonasida, ayniqsa, Shimoliy Amerika va Yevropada kichik koʻl koʻp, okean suvining temperaturasi past. Okeanning katta qismida ustki qatlamda (100 — 250 m chuqurlikkacha) temperatura yildavomida — G atrofida boʻlib turadi. Bugʻlanishning kamligi va quyiladigan daryolarning koʻpligidan dengiz suvi uqadar shoʻr emas (30 ‰). Shimoliy Muz okeaniga Atlantika okeanidan yiliga 145 ming km3 iliq suv kelib uni ilitadi, okean orqali esa havo ham iliydi. Dengiz muzlari. Arktika suv yuzasining koʻproq qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar (qishda 11 mln. km² va yezda 8 mln. km²) bilan qoplangan. Bir yillik muzlarning qalinligi 0,8 — 1,3 m, koʻp yillik muzlarning qalinligi 3 — 4 m, torrs muzlarniki 10 — 15 m ga yetadi. Aysberglar va muz orollari uchraydi. Muzlar asosan Grenlandiya dengiziga tomon suzib boradi, ularni Arktikadan Sharqiy Grenlandiya oqimi olib ketadi. Baʼzi bir rayonlarda doimiy aylanma oqimlar ham bor. Ulardan eng yirigi Kanada-Sibir soyligidadir.

200px|right|thumb|Muzliklari Arktika orollari yer yuzasining ancha qismi qalin muzliklar bilan qoplangan. Ularning umumiy maydoni 2 mln. km² dan ortadi. Shundan 1800 ming km² Grenlandiyada, 56 ming km² Arktikaning Rossiya qismida.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsimliklarning turlari kam. Grenlandiyada 450 ga yaqin, Novaya Zem-lyada 208, Frans-Iosif Yerida 36 gulli oʻsimlik turi bor. Shimoliy qismida oʻsimlik ayniqsa siyrak. Bu yerlarda zamburugʻlar koʻproq oʻsadi. Janubiy tundra zonasida yoʻsin, zamburugʻ, oʻt va butalardan iborat ikki yarusli yoki uch yarusli oʻsimlik turkumlari oʻsadi. Pakana qayin, tol, bagulnik oʻsadigan butazor tundralari bor. Dengiz suvlarida oʻsimlik va zooplankton juda koʻp. Arktikada baʼzi bir yirik sut emizuvchilar: quruqliqda oq ayiq, dengizda morj va tyulenlar yashaydi. Kanadaning Shimolda va Grenlandiyada qoʻchqorbuka uchraydi. Qishda parrandalar deyarli boʻlmaydi, yezda hamma yoqni qush bosib ketadi („qushlar bozori“): gaga, oʻrdak, kayra, chistik va boshqalar Shimoliy Muz okeanining Atlantika okeaniga yaqin qismida baliklar nihoyatda koʻp toʻplanadi. Baliq koʻp ovlanadi. Daryolarning etaklarida omul, golets, sterlyad, nelma uchraydi. Arktikada sudralib yuruvchilar va amfibiyalar mutlaqo yoʻq. Tadqiq qilinish tarixi. YU-asrda Grenlandiyani normannlar kashf etgan. 12-asrdan ruslar Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya orollarini kashf etdilar. 1596 — 97 yillarda golland sayyohi V. Barens Novaya Zemlyada qishlagan. 17-asrda rus sanoatchilari va kazaklari (M. I. Rebrov, M. V. Staduxin, S. I. Dejnyov va boshqalar) Chelyuskin burnini aylanib oʻtib, Osiyo bilan Shimoliy Amerika oraligʻidagi boʻgʻozni kashf etganlar. Arktika asosan 18 — 19-asrlarda xaritaga tushirildi. Ana shu vaqtda eng yirik ilmiy tadqiqotlar rus olimlari — F. P. Litke (1821-24), P. F. Anju (1820-24) va F. P. Vrangel (1820-24) tomonidan olib borilgan. Angliya tadqiqotchisi J. Franklin (1819-22, 1825-27 va 1845) Kanada Arktika arxipelagi va Amerika sekto-rining materik qismida, norveg tadqiqotchisi O. Sverdrup (1898-1902) Kanada Arktika arxipelagida ish olib bordi; shved olimi Arktika E. Nordensheld (1878-79) — „Veg“ kemasida va norveg tadqiqotchisi F. Nansen (1893-96) „Fram“ kemasida suzdi. 20-asrda eng yirik ekspeditsiyalardan norveg sayyohi R. Amundsenning „Yoa“ (1905-06) va „Mod“ kemalarida suzishi (1922-24), Amerika sayyohi R. Pirining Shimoliy qutbga yetib borishi (1909-yil 6-aprel) hamda Rossiya paroxodi „Georgiy Sedov“ning suzishi (1937-39) Arktikani oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Rossiya sektorida koʻpdan-koʻp doimiy qutb stansiyalarida quruklikda material toʻplashdan tashqari, 1937-yildan boshlab Arktika suzib yuruvchi ilmiy stansiyalar yordamida muntazam ravishda tadqiq qilingan. 1948-yilda suv osti tizmasi kashf qilindi va bu tizmaga Lomonosov nomi qoʻyildi. 1958-yilda koʻpgina mamlakatlar Xalqaro geofizika yili dasturi asosida Arktikada tadqiqot ishlari olib bordilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil