Kontent qismiga oʻtish

Analog hisoblash mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ANALOG HISOBLASH MASHI-NASI — uzluksiz oʻzgaruvchi fizik kat-taliklar (mexanik siljish, kuchlanish, tok kuchi, temperatura va boshqalar)ning qiymatlari aniqlanadigan matematik masalalarning sonlarini shu miqdorlar bilan taqqoslaydigan hisoblash mashinasi. Analog hisoblash mashinasi m.da natija mashinadagi oʻzgaruvchan fizik miqdorlarni oʻlchab aniqlanadi. Analog hisoblash mashinasi m.ning asosiy xususiyatlari: oʻzgaruvchan kattaliklar uzluksiz boʻladi; amallar parallel bajarilishi nati-ja-sida yuqori tezlikka erishiladi; yechi-ladigan masalalarga dastur tuzish ancha soddalashadi; tadqiq qilinuvchi tizimni real analog qurilmaga ulash osonlasha-di; modellash jarayoni va natija yaqqol koʻrinib turadi; jamlash, koʻpaytirish, integrallash, chiziqli boʻlmagan funk-siyalarni hosil qilish kabi amallarni ancha sodda va samarali bajarish mum-kin; axborotni uzoq muddat xotirada saqlash, murakkab va mantiqiy amallarni bajarish imkoni cheklangan. Analog hisoblash usullaridan miloddan avvalgi Vaviloniyada yer oʻlchash va xarita tu-zishda foydalanilgan. 15-asr boshlarida Samarqandda al-Koshiy ikki sayyoraning bir meridian tekisligida boʻlish vaqti paytini aniqlovchi asbob yaratgan. taxminan 1000-yilda yaratilgan logarif-mik lineyka dastlabki Analog hisoblash mashinasi m.dir. Hozirgi EHMlarning dastlabkisi elektron texnika taraqqiyotining mahsuli boʻlib, bular 1950-yilda yaratilgan oʻzgarmas tok kuchaytirgichi bilan bogʻliqdir. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda yaratilgan analog qurilmalar integratsiya koeffitsiyenti oʻta katta boʻlgan analog integral mikro-sxemalar asosida ishlab chiqariladi. Ishlash tarziga koʻra, Analog hisoblash mashinasi m. mexaniq pnevmatik, gidravlik, elektromexa-nik va elektron turlariga, analogiya asosida qurilishiga koʻra, oddiy va murakkab xillarga boʻlinadi. Oddiy mashinalarda oʻzgaruvchilar va yechiladi-gan dastlabki tenglama oʻzgaruvchilari orasidagi bogʻlanish oʻzgarmas koeffi-siyentlar orqali amalga oshirilsa, mu-rakkab mashinalarda esa bu aloqa oshkor koʻrinishda boʻlmay, balki murakkab tas-virga ega boʻladi. Analog hisoblash mashinasi m. boshqaruv tizimlarining di-namikasini taxlil qilish yoki rostlash-da, boshqaruv tizimlarining sintezi va rostlash bilan bogʻliq masalalarni yechish-da, tizimga taʼsir etuvchi va foydali signallarni aniqlashda, yangi avtomatik qayd qilish qurilmalarini yaratishda va boshqalarda keng qoʻllanadi. Bundan tashqari, Analog hisoblash mashinasi m.lardan murakkab avtomatik tizimlarning elementlari va qurilmalari si-fatida ham foydalaniladi. Abdurauf Pattoxov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil>