Kontent qismiga oʻtish

Ampula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farmatsevtika mahsulotlari solingan ampulalar
1.4 kg (3.1 lb) yuqori tozalikdagi seziy tutgan katta ampula
Ineksiya uchun sterillangan fiziologik eritma saqlanadigan ampula

Ampula – bu odatda qattiq yoki suyuq namunani saqlash va himoya qilish uchun ishlatiladigan kichik germetik shisha idish. Ampulalar koʻpincha shishadan tayyorlanadi. Zamonaviy ampulalar asosan havodan va ifloslantiruvchi moddalardan himoyalanishi kerak boʻlgan farmatsevtik va kimyoviy moddalarni saqlash uchun ishlatiladi. Ular ochiq olov yordamida yupqa uchini eritish orqali germetik ravishda zich yopiladi. Odatda boʻynini sindirib ochiladi. Kimyoviy modda ustidagi boʻshliq zichlashdan oldin inert gaz bilan toʻldirilishi mumkin. Shisha ampulalarning devorlari hech qanday qiyinchiliksiz maxsus himoyalangan qutilar (glovebox)ga olib kirilishi uchun yetarlicha mustahkam boʻladi.

Shisha ampulalar shisha idishlar va boshqa oddiy idishlarga qaraganda qimmatroq. Lekin ularning gazlar va suyuqliklarni oʻtkazmaslik xususiyati hamda toʻliq shishadan iborat ichki yuzasi qoʻshimcha xarajatlarga arziydigan koʻplab holatlar mavjud.

Qadimiy ampulalar toʻplami
Muqaddas Ruh Klovis I ning choʻqintirilishi uchun Muqaddas Ampullani olib keladi

Tarixdan maʼlumki, ampulalar odamning oʻlimidan soʻng uning qonidan kichik namuna saqlash uchun ishlatilgan. Bu namunalar koʻplab Xristian katakombalarida marhumlar bilan birga dafn etilgan. Dastlab, bunday dafn marosimi faqat shahidlarga nisbatan qoʻllanadi deb hisoblangan. Biroq keyinchalik bu keng tarqalgan va anʼana boʻlishga ulgurgan deya taxminlar paydo boʻlgan[1].

Rivoyatlarga koʻra, 305-yilga tegishli boʻlgan va Benevento yepiskopi Avliyo Januariy (San Gennaro)ning qoni bilan toʻldirilgan ampula asrlar davomida Neapol shahrining Bosh ibodatxonasida saqlanib kelinmoqda. Har yili 19-sentyabr kuni shahar aholisi San Gennaro bayramini nishonlaydi. Bu kunda ampuladagi qattiq qizgʻish-jigarrang modda odatda xavfsiz joydan olingandan soʻng suyuqlanadi[2]. Keyin u tantanali ravishda olib yurilib, ibodatxonaning mehrob qismiga joylashtiriladi. Yana bir mashhur ampula bu Muqaddas ampula (Sainte Ampoule) boʻlib, u Fransiya monarxlarining toj kiyish marosimi uchun moyni ushlab turgan. Moy, goʻyoki, Fransiyalik Klovis I davridan oʻtgan. U bir muncha vaqt Avliyo Remigius qabristonida, keyinroq Notr-Dam soborida hamda Reymda saqlangan. U 1825-yilda Karl X ning toj kiyish marosimida ishlatilgan.

  1. (italyancha) Seroux d’Agincourt, Viaggio nelle catacombe di Roma di un membro dell’Accademia di Cortona (1810), pp. 200-1, Milano, G. Silvestri, 1835.
  2. Thurston, Herbert (1910). "Saint Januarius". Catholic Encyclopedia. http://www.newadvent.org/cathen/08295a.htm. 

Qoʻshimcha oʻqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hans-Jürgen Bässler und Frank Lehmann: " Containment Technology: Progress in the Pharmaceutical and Food Processing Industry. "
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil