Kontent qismiga oʻtish

Al Sadd SC

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al Sadd SC
Toʻliq nomi Al Sadd Sports Club
Laqabi Al Zaeem (Xoʻjayin)
Al Dheeb (Boʻrilar)
Malik Al Qulub (Qalblar shohi)
Qisqa nomi SADD
Asos solingan 21-, 1969-yil (55 yil avval) (1969-October-21)
Jassim bin Hamad stadioni
Sigʻimi 12,946
Raisi Mohammed bin Khalifa Al Thani
Direktori Félix Sánchez
Liga Qatar Yulduzlar Ligasi
Oʻrni Qatar Yulduzlar Ligasi, 1st
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

As-Sadd (arabcha: نادي السد القطري) – Qatarning Doha shahridagi professional futbol klubi, Qatarning eng nomdor klubi. As-Sadd sport klubiga futbol klubidan tashqari basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika va stol tennisi jamoalari kiradi[1]. Futbol klubi 1969-yilda tashkil topgan va oʻz uy uchrashuvlarini Jassim bin Hamad stadionida oʻtkazadi.

1969—1980-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Al-Sadd“ klubining asoschilari futbol oʻyinida yuqori oʻrin tutgan oʻn bir nafar oʻrta maktab oʻquvchilari edi. Ularning eng yoshi atigi 17 yoshda edi. Boshqa klublarda oʻynashdan bosh tortgan holda, ular oʻzlarining klublarini yaratishga qaror qilishdi. Ulardan toʻrt nafari Qatar yoshlar va sport vaziri Shayx Hasem bin Hamad Ol Soniyga murojaat qilganlar. Ularning iltimosi bajarildi va natijada „Al-Sadd“ sport klubi tuzildi. 1966/67-yilgi mavsumda „Al-Ahror“ klubi tarqatib yuborildi, natijada koʻplab futbolchilar yangi jamoaga oʻtishdi. Al-Sadd faoliyatining birinchi yilida murabbiy rolini asoschilardan biri Hamad bin Muborak Al-Attiyaning otasi ijro etgan. Mashgʻulotlar mahalliy oʻrta maktabning futbol maydonida boʻlib oʻtdi.

Badr Bilol 1979-yildan 1991-yilgacha klubda oʻynagan.

1971/72-yilgi mavsumda klub oʻzining birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Biroq, Qatar chempionati faqat bir yildan keyin rasman tan olindi. Shu tariqa, „Al-Sadd“ birinchi rasmiy chempionlik unvonini faqat 1973/74-yilgi mavsumda qoʻlga kiritdi. 70 va 80-yillarda As-Sadd Al Arabi va Er Rayyan bilan birga Qatar futbolida ustunlik qilgan, tez-tez Qatar chempionati va Amir kubogini yutgan. „Al-Sadd“ tarixidagi birinchi professional futbolchi Sudanlik hujumchi Yusuf Saad boʻlib, u klub tashkil topganidan beri oʻynab kelmoqda. 1974-yilda „Al-Sadd“ klubigaa 14 nafar futbolchi koʻchib oʻtdi, ular orasida Muborak Amber va Hasan Mattar kabi mohir oʻyinchilar bor edi. Bu transferlar 1975-yilda kubokni qoʻlga kiritishda muhim omil boʻldi. Koʻp bahslarga sabab boʻlgan final bahsida "Al-Ahli " 4:3 hisobida magʻlub boʻldi. Oʻsha uchrashuvdagi dublni Yusuf Saad kiritgan.

Al-Sadd 1977/78-yilgi mavsumda ilk bor Shayx Jasim kubogini qoʻlga kiritdi, shundan soʻng u yana ikki yil davomida chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qildi. 1978/79-yilgi mavsumda klub oʻzining birinchi oltin dublini qayd etib, chempionlik va superkubokni qoʻlga kiritdi.

1980—2000-yillar. Birinchi xalqaro muvaffaqiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981/82-yilgi mavsumda Hasan Usmon boshchiligida „As-Sadd“ Amir kubogi va Shayx Jasim kubogini qoʻlga kiritdi. Bu davrda „Al-Sadd“dan Badr Bilol va Hasan Mattar liga toʻpurarlari boʻlishdi. Al-Saddu finalda "Ash-Shamal "ni 16:2 hisobida magʻlub etib, Amir kubogida rekord oʻrnatishga ham muvaffaq boʻldi. 1986/87-yilgi mavsumda klub treblga yaqin edi, ammo Amir kubogi finalida „Al-Ahli“ga 0:2 hisobida yutqazdi. 1988-yilda „As-Sadd“ birinchi marta klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. Jamoa oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, finalda iroqlik „Ar-Rashid“ bilan toʻqnash keldi. „Al-Sadd“ mehmondagi gol qoidasi evaziga gʻalaba qozondi va shu tariqa klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan ilk arab klubiga aylandi. Gʻolib jamoa asosan mahalliy oʻyinchilardan iborat boʻlib, xorijlik oʻyinchilar livanlik Vasef Soʻfi va eronlik Amir Galenoei edi; Amir Galenoi Eron-Iroq urushi tufayli finalda ishtirok eta olmadi. „As-Sadd“ klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionligidan tashqari, oʻsha mavsumda „Shayx Jasim“ kubogi va mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. „As-Sadd“ klubi Eron-Iroq urushi tugaganidan keyin Eronda oʻynagan birinchi jamoa boʻldi. 1990-yilda Tehronda oʻtkazilgan klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida „As-Sadd “ mahalliy "Esteghlal "ga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. 1990-yillarda „Al Sadd“ ligada bir mavsum yuta olmay, tanazzulga yuz tutdi. Bu davrdagi yagona sovrin 1998-yilda Qatar valiahd shahzodasi kubogi va 1991-yilda Fors koʻrfazi chempionlari kubogi boʻldi.

2000-2010. Yangi asr va yangi imkoniyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Xorxe Fossati murabbiy boʻldi, u bir mavsumda toʻrtta sovrin yutib, oltin poker ornatishga muvaffaq boʻldi. 2007-yilda istiqbolli hujumchi Mauro Zarate bilan shartnoma imzolandi.

2010-2012. Fossati ikkinchi davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan soʻng klub oʻzining bir qator aʼzolarini kuchaytirdi: koreyalik Li Jong Su, jazoirlik Nodir Belxadj va Kodivuarlik Kader Keyta bilan shartnoma imzolandi. 2011-yilning yozida jamoaga senegallik hujumchi Mamadu Niang kelib qoʻshildi. Bu tarkib bilan jamoa yana bir bor OChL gʻolibiga aylandi.

  • Qatar chempioni (17): 1970/71, 1973/74, 1978/79, 1979/80, 1980/81, 1986/87, 1987/88, 1988/89, 1992/93, 19992000, 2006/07, 2012/13, 2018/2019, 2020/2021, 2021/2022b 2023.24[2].
  • Qatar amir kubogi (17): 1975, 1977, 1982, 1985, 1986, 1988, 1991, 1994, 2000, 2001, 2003, 2005, 2007, 20102, 20102, 20102
  • Shayx Jasim kubogi sohibi (15): 1977, 1978, 1979, 1981, 1985, 1986, 1988, 1990, 1997, 1999, 2001, 2006, 2014, 2017,
  • Valiahd shahzoda kubogi sohibi (8): 1998, 2003, 2006, 2007, 2008, 2017, 2020, 2021
  • Q liga kubogi sohibi (2): 2010, 2020
  • Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi (2): 1988, 2011
  • Fors koʻrfazi klubi chempionlar kubogi gʻolibi: (1): 1991-yil
  • Arab ligasi chempioni (1): 2001-yil
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori (1): 2011-yil

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]
4 October 2023.[3]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Qatar QAT Saad Al-Sheeb
2 DF Qatar QAT Ró-Ró
3 MF Qatar QAT Ahmed Sayyar
4 MF Mali MLI Mohamed Camara
5 DF Qatar QAT Tarek Salman
6 DF Braziliya BRA Paulo Otávio
7 MF Qatar QAT Mohammed Waad
8 MF Qatar QAT Ali Assadalla
9 FW Qatar QAT Yusuf Abdurisag
10 MF Qatar QAT Hassan Al-Haydos (sardor)
13 DF Qatar QAT Abdullah Al-Yazidi
14 MF Qatar QAT Mostafa Meshaal
16 DF Qatar QAT Boualem Khoukhi
17 FW Ispaniya ESP Cristo González
18 MF Braziliya BRA Guilherme
19 FW Ispaniya ESP Rafa Mújica
20 MF Qatar QAT Salem Al-Hajri
R. Poz. Millati Futbolchi
21 FW Braziliya BRA Giovani
22 GK Qatar QAT Meshaal Barsham
23 MF Qatar QAT Hashim Ali
28 FW Qatar QAT Ahmad Al-Saeed U21
29 DF Marokash MAR Romain Saïss
31 GK Qatar QAT Youssef Baliadeh
32 GK Qatar QAT Karim Haider U21
37 DF Qatar QAT Ahmed Suhail
66 DF Qatar QAT Abdulrahman Al-Ameen U21
70 DF Qatar QAT Musab Kheder
77 DF Jazoir ALG Youcef Atal
81 DF Jazoir ALG Abdessamed Bounacer
84 FW Qatar QAT Akram Afif
86 MF Qatar QAT Mohamed Faragalla U21
88 MF Kolumbiya COL Mateus Uribe
96 MF Jazoir ALG Adam Ounas
MF Rossiya RUS Claudinho

Ijaraga berilgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
33 DF Qatar QAT Moaz El-Wadia U21 (Al Shahaniya jamoasiga)
98 FW Qatar QAT Nayef Hamid U21 (Al Shahaniya jamoasiga ijaraga)
DF Qatar QAT Rashid Muneer U21 (Calahorra B jamoasiga ijaraga)
R. Poz. Millati Futbolchi
MF Qatar QAT Anas Abweny U21 (Calahorra B jamoasiga ijaraga)
MF Qatar QAT Bassam Eid U21 (Alcorcón B jamoasiga ijaraga)
  1. „Official website Al Sadd Sports Club – Qatar“. al-saddclub.com.com. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2012-yil.
  2. „Хави выиграл первый национальный чемпионат в тренерской карьере“ (ruscha). Championat. 7-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2021-yil.
  3. „Teams – Al Sadd Sports Club“ (en-US). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
Oʻtmishdoshi:
Yomiuri
Yaponiya
Champions of Asia
1988–89
Vorisi:
Liaoning FC
Xitoy
Oʻtmishdoshi:
Seongnam Ilhwa Chunma
Janubiy Koreya
Champions of Asia
2011
Vorisi:
Ulsan Hyundai
Janubiy Koreya