Kontent qismiga oʻtish

Agonistiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agonistiklar (yunoncha birligi -agonistikas — kurashchan), sirkumsellionlar — IV―V asrlarda Shimoliy Afrikadagi xristianlar sektasi. Asosiy qismini dehqonlar tashkil qilgan, dunyoviy ishlardan qoʻl uzish, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik, rasmiy cherkovga nisbatan murosasizlik, asketizm va oʻzoʻziga azob berishni targʻib qilish Agonistiklarga xos xususiyatlardir. Agonistiklar xususan Numidiyada 340-yilda kolonlar, qishloq kambagʻallari va qullarning qoʻzgʻolonlariga rahbarlik qilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil