Agamemnon
Qiyofa
Agamemnon — yunon mifologiyasida Miken yoki Argos podshohi. „Iliada“ dostonida tasvirlanishicha, Troya urushida mardlik va jasorat koʻrsatgan, biroq manfaatparast, takabbur shaxs boʻlgan. Troya ustidan gʻalabaga erishgach, Agamemnon oʻz yurtiga qaytayotganda xotini Klitemnestra va uning jazmani Egisf tomonidan oʻldirilgan. Agamemnon obraziga koʻpgina yozuvchilar (Esxil, Yevripid va boshqalar) muro-jaat etishgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |