Kontent qismiga oʻtish

Adventure Time

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adventure Time
Janri Fentezi[1]
sarguzasht[2]
ilmiy fantastika[1]
komediya[3][4]
Muallif(lar) Pendleton Ward
Ovoz berganlar
  • Jeremy Shada
  • John DiMaggio
  • Hynden Walch
  • Niki Yang
  • Tom Kenny
  • Olivia Olson
  • Pendleton Ward
  • Polly Lou Livingston
  • Jessica DiCicco
Bastakor(lar)
  • Casey James Basichis
  • Tim Kiefer
Qismlar boshidagi musiqa Adventure Time
—Pendleton Ward
Qismlar oxiridagi musiqa The Island Song'Ashley Eriksson
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Mavsumlar soni 10
Qismlar soni 283
Ishlab chiqarish
Qism davomiyligi 11 daqiqa
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Cartoon Network
Translyatsiya davri 10-avgust, 2010-yil(2010-08-10) — 3-sentyabr, 2018-yil(2018-09-03)

Adventure Time (tarjimasi „Sarguzasht vaqti“) Cartoon Network telekanali buyurtmasiga binoan Pendleton Ward tarafidan yaratilgan Amerika animatsion teleserialidir. Keyinchalik, multserialni ishlab chiqarish Frederator Studios tarafidan davom ettirildi. Ilk marotaba 2008-yilda Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatildi, keyinchalik efirga uzatish huquqini Cartoon Network telekanali sotib oldi va 5-aprel 2010-yildan ushbu animatsion serialni efirga uzatishni boshladi. Serial Finn va uning oʻgay ukasi Jakening birgalikdagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.[5]

Animatsion serial turli manbalardan, jumladan Dungeons & Dragons nomli fentezi janridagi videooʻyinlardan ilhomlangan. Serialning dastlabki qismlari qoʻlda chizilgan animatsiyalar orqali hozirlangan. Lekin, bu jarayon ancha mashaqqatli boʻlib, bir qismni nihoyalash 8-9 oy talab etdi. Keyinchalik, yangi texnologiyalar yordamida har biri 11 daqiqadan iborat qismlar ishlandi. Cartoon Network telekanali 29-sentabr 2016-yilda animatsion serialning oʻninchi fasli tugaganidan soʻng, 2018-yilda serial tugashini eʼlon qildi. Serialning yakuniy qismi 3-sentabr 2018-yilda efirga uzatildi va 44 daqiqadan iborat boʻldi.[6]

Adventure Time Cartoon Network telekanalining reytingida muhim rol oʻynadi. Serialning ayrim qismlari uch milliondan ortiq tomoshabinni qamrab oldi. Serial asosan bolalar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, yoshlar va kattalar orasida ham keng tarqaldi.[7] Serial tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi hamda koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi.[8][9] Shuningdek, ushbu serial asosida koʻplab kitoblar, videooʻyinlar, oʻyinchoqlar va kiyimlar ishlab chiqarildi.

Finn va Jake shirinliklar saltanati yaqinidagi yogʻoch uyda yashar edilar.[10] Bolaligida Finn muammoga duch kelgan har kimga yordam berishga vaʼda bergan. Buning ortidan, u va Jake atrofdagi kishilarni qutqarish maqsadida sarguzashtga otlanishadi.[11] Serial voqealari yadro urushidan omon qolgan mamlakatlarda boʻlib oʻtadi.[12][13][14] Urushdan soʻng, sayyoraning faqat uchdan ikki qismi omon qoldi hamda dunyoga turli sehrlar va mutatsiyalar tarqaldi. Serial voqealarining aksariyati „Shirinliklar saltanati“ deb nomlangan bir uydirma hududda boʻlib oʻtadi.[15]

Bosh qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fin the Human (Fin — odam) yoki Fin Mertens (talaffuzi: Fin Myortens) — animatsion serial bosh qahramoni. U doimo shlyapa kiyib yuradi. Ushbu shlyapa esa uning juda uzun va sargʻish tusli sochini berkitib turadi. Fin kuchli va adolatli, ammo juda sodda. Biror kishiga yordam bera olmasa, bundan koʻngli ranjiydi.
  • Jake the Dog (Jake — it) — bulldog turidagi it, Finning eng yaqin doʻsti va oʻgay ukasi. Tana shaklini oʻzgartirish qobiliyatiga sohibdir. Jake sodda hamda hech qanday muammo haqida qaygʻurmaydi.
  • Princess Bubblegum (Malika Bubblegum) — shirinliklar saltanati hukmdori. U tadqiqotchi xarakterga ega boʻlib, davlatni boshqarishdan boʻsh vaqtlarida fan bilan mashgʻul boʻladi.
  • Marceline Abadeer (boshqa nomi Vampirlar qirolichasi) — inson va jinning gibridi, keyinchalik vampirga aylangan. U choʻrtkesar va dovyurakdir. Princess Bubblegumning eng yaqin doʻsti. U taxminan 1 000 yoshda.
  • BMO — Fin va Jakening videooʻyin konsoli. U shuningdek pleer, kamera, fotoapparat, budilnik, toster, fonar, stroboskop, video -muharir dasturi, video-pleer, magnitofon va shunchaki doʻstdir. 1 000 yildan keyin u Ooo mamlakati qiroli boʻldi.
  • Lumpy Space Princess (odatda, ismi LSP, deb qisqartiriladi) — Lumpy Space malikasi. Princess Bubblegum, Finn va Jakening doʻsti.

Salbiy qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ice King (Muz qiroli) — animatsion serial birinchi faslining bosh yovuz qahramoni. 1 043 yoshda. Muntazam ravishda malikalarni oʻgʻirlashga urinadi. Multserialning keyingi fasllarida, uning fojiali tarixi ochib beriladi: u bir paytlar sehrli toj ortidan es-hushini va yaqinlarini yoʻqotgan Simon Petrikov ismli yaxshi inson boʻlgan.
  • Earl of Lemongrab — qirollik oilasining aʼzosi hisoblanmish Princess Bubblegum tomonidan yaratilgan juda asabiy va oʻjar jonzot boʻlib, shirinliklar saltanati taxti merosxoʻri boʻlish huquqiga ega.
  • Lich — animatsion serialning asosiy antagonisti. U muqarrar oʻlimning qadimiy, kosmik koʻrinishi boʻlib, oʻzini hozirgi olamdan avvalgi davrda omon qolgan jonzot sifatida koʻrsatadi.
FaslQismlarEfirga uzatish tarixi
Birinchi qismOxirgi qismNetwork
Pilot11-yanvar, 2007-yil(2007-01-11)Nicktoons
1265-aprel, 2010-yil(2010-04-05)[16]27-sentyabr, 2010-yil(2010-09-27)Cartoon
Network
22611-oktyabr, 2010-yil(2010-10-11)9-may, 2011-yil(2011-05-09)
32611-iyul, 2011-yil(2011-07-11)13-fevral, 2012-yil(2012-02-13)
4262-aprel, 2012-yil(2012-04-02)22-oktyabr, 2012-yil(2012-10-22)
55212-noyabr, 2012-yil(2012-11-12)17-mart, 2014-yil(2014-03-17)
64321-aprel, 2014-yil(2014-04-21)5-iyun, 2015-yil(2015-06-05)
726[17][18][19][20][21][22]2-noyabr, 2015-yil(2015-11-02)19-mart, 2016-yil(2016-03-19)
82726-mart, 2016-yil(2016-03-26)2-fevral, 2017-yil(2017-02-02)
91421-aprel, 2017-yil(2017-04-21)21-iyul, 2017-yil(2017-07-21)
101617-sentyabr, 2017-yil(2017-09-17)3-sentyabr, 2018-yil(2018-09-03)

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Whalen, Andrew. „'Adventure Time: Islands' Review: Most Futures Are Dark In New Season 8 Episodes, Life“. iDigitalTimes (26-yanvar 2017-yil). 25-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2017-yil. „Adventure Time: Islands stands as the full fruition of Adventure Time's slow embrace of science fiction … At first Adventure Time was post-apocalyptic: a far-flung fantasy future in which magic has returned … but Islands opens a new phase in the series' science fiction storytelling by confronting the human race head-on.“.
  2. Perlmutter, David. America Toons In. McFarland & Company, 2014. ISBN 978-1-4766-1488-5. „In the manner of Robert E. Howard's Conan, this duo peddles their heroic skills ... and consequently they enter into a variety of adventurous situations.“ 
  3. Sava, Oliver „Beneath Adventure Time's Weirdness Lies Surprising Emotional Complexity“. The A.V. Club (9-oktabr 2013-yil). — „Adventure Time has become deeply entrenched in the comedy community.“. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Adventure Time Has Become this Era's Finest Coming of Age Story“. Vox (22-noyabr 2015-yil). 22-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Adventure Time | Characters“. Cartoon Network. 24-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Time for Some Adventure with Pendleton Ward“ (inglizcha). Animation World Network. Qaraldi: 18-avgust 2020-yil.
  7. Brown, Tracy. „Exclusive 'Adventure Time's' Ice King Is Getting His Own Comic Book Series“. Los Angeles Times (16-oktabr 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Pitts, Lan Adventure Time Goes 'Freaky Friday' in Boom!'s Flip Side Mini-series“. Newsarama (2-yanvar 2014-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Osborne, Kent. Adventure Time: Banana Guard Academy. KaBoom! Studios, 2015. ISBN 978-1-60886-486-7. 
  10. Rynda, Phil [@philrynda]. „Preproduction uses a lot of photoshop. RT @achidente: @philrynda What animation software is currently used for Adventure Time?“ (14-oktabr 2014-yil). 6-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Goldstein, Rich. „This Is How an Episode of Cartoon Network's 'Adventure Time' Is Made“ (19-dekabr 2013-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Burlingame, Russ „It's Adventure Time at Boom! in February“. Comicbook.com (27-dekabr 2011-yil). 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Goellner, Caleb „'Adventure Time' Comic Series Coming From Boom! in February“. Comics Alliance (19-noyabr 2011-yil). 10-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Series: Adventure Time: Candy Capers“. KaBoom! Studios. 25-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 25-fevral 2017-yil sanasida arxivlangan)
  15. Rynda, Phil [@philrynda]. „Adventure Time is animated on paper, then digitally composited. RT @achidente: @philrynda What animation software is used on Adventure Time?“ (14-oktabr 2014-yil). 14-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Homan, Eric. „'Business Time' Sneak Preview Tonight“. Frederator (11-mart 2010-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Thomas, Paul. Exploring the Land of Ooo: An Unofficial Overview and Production History of Cartoon Network's Adventure Time. Lawrence, KS: University of Kansas Libraries, 2020 — vii, 142-143, 299-300-bet. ISBN 9781936153190. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul. 
  18. Salaff, Andres. Adventure Time: The Complete Seventh Season [DVD]. Warner Home Video. (2017).
  19. Herpich, Tom; Wolfhard, Steve „AT 224 The More You Moe, The Moe You Know Pt. 1 – Board Team Final Storyboard“. Scribd. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  20. Herpich, Tom; Wolfhard, Steve „AT 224 The More You Moe, The Moe You Know Pt. 2 – Board Team Final Storyboard“. Scribd. 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „Public Catalog [Lemonhope search“]. United States Copyright Office. 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  22. Homan, Eric „The Beginning of Wisdom Is To Call Things by Their Right Names“. Frederator (6-aprel 2011-yil). 16-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 16-avgust 2011-yil sanasida arxivlangan)