opa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]o-pa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OPA ’qiz farzand keyin tugʻilgan farzandlarga nisbatan’. Mening toʻrtta o p a m, ikkita akam bor. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’yoshi katta boʻl-’ maʼnosini anglatgan ab— feʼlidan -a qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 56, 159, DS, 47: aba soʻzi oʻzbek tili-ning baʼzi shevalarida hozir ham mavjud), keyinchalik b undoshi p undoshiga, soʻz boshlanishidagi a unlisi â unlisiga, soʻz oxiridagi a unlisi ä unlisiga almashgan: ab- + a = aba > apa > âpä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Bir ota-onadan tugʻilgan farzand-lar ichida oʻzidan kichiklarga (ukalarga, singillarga) nisbatan katta qiz. ◆ Opasi erga tekkanda, Adolat oʻn bir yashar qiz edi. A. Qahhor, „Qizlar“ . ◆ Nizomjon opasiga koʻ-rinmay, yongʻoq orqasidan aylanib oʻtib ketdi. S. Ahmad, Ufk-
2 Oʻzidan katta, baʼzan kichik ayollarga hurmat yuzasidan ularning ismiga qoʻshib ishlatiladi, maye., ◆ Mastura opa, Malika ona. m ◆ Rais opa ham shu yerda boʻlsalar kerak. S. Ahmad, Ufk◆ Yoʻq, Moʻttixon opa, bu ishni kechiktirmang, jon Moʻttixon opa. S. Zunnunova, „Olov“ .
3 Oʻzidan katta, baʼzan kichik ayollarga hurmat bilan murojaat qilish shakli. ◆ Suh-batda Mastonning salmogʻi tobora ortmoq-da edi. Ilgari "singlim" deb turgan yi-gitlar sal oʻtmay "opa" deydigan boʻlishdi. A. Qahhor, „Maston“ . ◆ Hormang, opa, charchama-dingizmi? Ishlar qalay ? T. Ashurov, „Oq ot“ . ◆ -Opa, nima ish bilan shugʻullanasiz? — dedi ofitsantka. Gazetadan .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ОПА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.