Sizran
Qiyofa
Sizran — Samara viloyatidagi shahar. Volgadagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 188,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, "Sizranselmash", turbosozlik va boshqa korxonalar), shuningdek, neft va slanetsni qayta ishlash, neft kimyosi sanoati korxonalari mavjud. Qurum ishlab chiqarishning yirik markazi. Oziqovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Oliy oʻquv yurti, oʻnga yaqin oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |