Kontent qismiga oʻtish

Sergey Raxmaninov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Raxmaninov
Tavalludi 1-aprel 1873
Vafoti 28-mart 1943[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va AQSh
Otasi Vasily Arkadyevich Rachmaninoff
Onasi Lyubov Petrovna Butakova

Sergey Vasilyevich Raxmaninov [1873.20.3(1.4), Novgorod gubernyasi — 1943.28,3, Beverli-Xils, Kaliforniya, Nyu-York yaqinidagi Kensikoda dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi[2] va dirijyor. Moskva konservatoriyasini fortepiano (1891) va kompozitsiya (1892) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Moskvadagi Rus xususiy opera teatri (1987—98), Katta teatr (1804—06)da dirijyor. 1918-yildan AQShda yashagan. R. ilk asarlari (1 fortepiano konserti, 1891; "Aleko" operasi, 1892 va boshqalar)dan rus mumtoz kompozitorlik anʼanalariga tayangan. Uning keng koʻlamli lirik kuylarga boy musiqasi rus xalq qoʻshiqchiligi va cherkov musiqasi, shu bilan birga sharq musiqasi anʼanalariga asoslanadi. Buyuk virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan R. ijodida fortepiano asarlari alohida oʻrin tutadi: fortepiano va orkestr uchun 4 ta konsert va "Paganini mavzusiga rapsodiya"si, prelyudiyalar va etyudmanzara turkumlari, 2 ta sonata va fortepiano triosi va boshqa "Simfonik raqslar", "Ioann Zlatoust liturgiyasi" va "Tungi bedorlik" xor asarlari, romanslar, kamercholgʻu asarlari va boshqa mashhur. R.ning umumsharqona uslubga mansub asarlari orasida "Kuylama sohibjamol" romanei, "Sharqona raqs", "Vokaliz" kabi kamercholgʻu asarlari, 2 va 3 fortepiano konsertlari va boshqa mavjud.[3]

  1. // (unspecified title)
  2. Jean-Pierre Thiollet, 88 notes pour piano solo, "Solo nec plus ultra", Neva Editions, 2015, p.50. ISBN 978 2 3505 5192 0.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil