Rasin Jan
Rasin Jan | |
---|---|
Tavalludi | dekabr 1639 |
Vafoti | 21-aprel 1699 |
Fuqaroligi | Kingdom of France |
Otasi | Jean Racine |
Onasi | Jeanne Sconin |
Rasin Jan (1639.21.12, FerteMilon — 1699.21.4, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning yirik vakili. R. asosan, maishiy mavzuda psixologik tragediyalar yaratgan, asosiy person ajl ari qirol, gersog, graf va goʻzal xonimlar boʻlishiga qaramay, bu asarlarda 17-asrdagi siyosiygʻoyaviy qarashlar ifodalangan.
R. "Buyuk Iskandar" (1665), "Axdromaxa" (1667), "Britannik" (1669), "Berenika" (1670), "Boyazid" (1672), "Ifigeniya Avlidada" (1674), "Fedra" (1677), "Gofoliya" (1691) va boshqa tragediyalar yozgan. "Andromaxa" bilan fransuz teatri tarixida yangi saxifa ochilgan. Tragediyaning mazmuni yunon miflaridan olingan boʻlib, R. antik mazmunga yangicha maʼno bergan. Ishqiy hayajonlar zaminida axloqiy muammoni ilgari surgan. Markaziy figura Andromaxa R.ning gumanistik ilgʻor gʻoyalarini tashuvchi, zolimlikni fosh etuvchi obraz sifatida gavdalangan. Unga zolim Pirr qaramaqarshi qoʻyilgan. "Gafoliya" asarida xalqning zolimlarga qarshi qoʻzgʻoloni voqeasi yoritilgan. R. ijodining soʻnggi davrida "Diniy qoʻshiqlar" sheʼriy toʻplami (1694) va "PorRoyalning qisqa tarixi" asarlarini yozgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |