Nineviya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nineviya (Ninua, Ninn) — qad. Ossuriyadagi shahar (hozirgi Iroqdagi Mosul shahri yaqinida). Miloddan avvalgi taxminan 5-ming yillikda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan mixxat hujjatlarida qayd etilgan. Savdo yoʻllari kesishgan yerda joylashgani uchun Old Osiyoning tarixida muhim rol oʻynagan. Miloddan avvalgi 9-asrdan ossuriy shohlari qarorgohi. N.ning yuksalishi va ravnaq topishi, uni Ossuriya davlati va "jahon"ning poytaxtiga aylanishi miloddan avvalgi 8—7-asrlarga oiddir (Sinaxerib va uning vorislari davrida). N.ning shim. qismida Sinaxeribning "jan.-gʻarbiy saroyi" va ichki qismi devorlari harbiy, ov va maishiy saqnalarni aks ettirgan juda koʻplab barelyeflar bilan bezatilgan. Ashshurbanipalning hashamatli "shim. saroyi" joylashgan. Ash-shurbanipal saroyida davlat arxivi va podshox. kutubxonasi boʻlgan. Kutubxonada 20 mingdan ziyod "kitob" — mixxat sopol jadvalchalar boʻlgan. N.ning jan. qismida Ishtar maʼbudasining markaziy sajdagox.i — Emishmish ibodatxonasi (miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlab qayd etilgan) va podshoh Asarxaddon saroyi qurilgan. Miloddan avvalgi 612 yil N. Yangi Bobil podshosi Nabopalasar va Midiya podshosi — Kiaksar tomonidan yer bilan yakson qilingan. Rimliklar N. oʻrnida Claudia Ninus harbiy koloniyasi (manzilgohi)ni barpo etganlar. N. harobalari Kuyunjik shahar harobasida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |