Kontent qismiga oʻtish

Max Delbrück

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DELBRYUK (Delbruck) Maks (1906.4.9, Berlin — 1981) — amerikalik fizik, genetik, virusolog; molekulyar biologiya asoschilaridan biri. Millati nemis. 1937-yildan AQShda. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi akademik Falsafa doktori (1930). Asarlari atom fizikasi, viruslar mutagenezi va reproduksiyasiga oid. Bakteriofaglardagi rekombinatsiyani kashf etgan. Kimyoviy moddalar tuzilishining kvant nazariyasi masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1969, A. D. Xershi va S. E. Luriya bilan hamkorlikda)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil