Kontent qismiga oʻtish

Maryam Mirzaxoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maryam Mirzaxoniy
Tavalludi 12-may 1977-yil
Tehron, Eron
Vafoti 14-iyul 2017-yil(2017-07-14)
(40 yoshda)
Stanford, AQSh
Fuqaroligi Eron
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari Curtis McMullen
Ibodulloh Mahmudyan
Mukofotlari
Turmush oʻrtogʻi Jan Vondrák

Maryam Mirzaxoniy (forscha: مریم میرزاخانی) (12-may 1977-yil — 14-iyul 2017-yil) — eronlik va amerikalik matematik. Teichmüller teoriyasi, giperbolalar geomeriyasi, ergodik teoriya hamda simplektik geometriya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yilda Mirzaxoniy Fields medali bilan taqdirlangan ilk ayol matematik va birinchi eronlik matematikka boʻldi.[1]

Mirzaxoniy oʻrta maʼlumotni Eronning Isteʼdodlarni rivojlantirish milliy tashkiloti qoshidagi qizlar uchun moʻljallangan maxsus maktablardan biri boʻlmish Tehron Farzanegan maktabida olgan. 1994–1995-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Tehrondagi Sharif texnologiya universitetini tamomlagan.

Mirzaxoniy 1999-yildan AQShda yashay boshlagan. 2004-yilda u Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Soʻngra Princeton universitetida dars bergan. 2008-yildan to oʻlimiga qadar Stanford universitetida matematika professori boʻlib ishlagan. Mirzaxoniy 2017-yil iyul oyida Stanford universiteti tibbiyot markazida koʻkrak saratoni tufayli vafot etdi.[2] Unga ushbu kasallik tashxisi ilk marotaba 2013-yilda qoʻyilgan edi.

  1. „AQSHda Fields mukofotiga loyiq koʻrilgan birinchi matematik ayol olamdan oʻtdi“. Daryo (2017-yil 16-iyul). 2019-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
  2. „Fields mukofotini olgan yagona ayol-laureat vafot etdi“. Kun (2017-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.