Kontent qismiga oʻtish

Lennart Carleson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lennart Carleson
Tavalludi 18-mart 1928-yil (1928-03-18) (96 yosh)
Stockholm
Fuqaroligi Shvetsiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Qirollik texnologiya instituti
Uppsala universiteti
California universiteti, Los Angeles
Akademik rahbarlari Arne Beurling
Mashhur shogirdlari Svante Janson
Warwick Tucker
Mashhur ishlari Carleson–Jacobs teoremasi
Carleson oʻlchovi
Carleson teoremasi
Mukofotlari Leroy P. Steele mukofoti (1984)
Wolf mukofoti (1992)
Lomonosov nomidagi katta oltin medalga (2002)
Sylvester medali (2003)
Abel mukofoti (2006)

Lennart Carleson (talaffuzi: Lennart Karleson) (1928-yil 18-martda tugʻilgan) — shvetsiyalik matematik. Carleson zamonaviy matematik analiz, xususan, gormonik analiz va funksiyalar nazariyasi sohalari boʻyicha mutaxassis. 1992-yil Wolf mukofoti, 2006-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].

Carleson 1950-yil Uppsala universitetidan PhD darajasini olgan. Stockholmdagi Qirollik texnologiya institutida va Los Angelesdagi California universitetida ishlagan. 1966-yil Lusin gipotezasini isbotlagan. Hozirda bu gipoteza Carleson teoremasi oʻlaroq maʼlum.

Carleson 1982-yil SSSR Fanlar akademiyasining matematika boʻlimi aʼzosi etib tayinlagan. Rossiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining aʼzosi. 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyatining aʼzosi[3]. Olim 1992-yilda Wolf mukofotiga, 2002-yilda Lomonosov nomidagi katta oltin medalga sazovor boʻlgan. 2003-yilda Sylvester medali bilan taqdirlangan.

  1. „2006: Lennart Carleson“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  2. Raussen, Martin „Interview with Abel Prize Recipient Lennart Carleson“. AMS (2006-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  3. List of Fellows of the American Mathematical Society, retrieved 2012-11-10.